www.ziyouz.com kutubxonasi
35
55. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda beriladigan eng yengil azob ikki oyog‘iga
olovdan kovush kiygizib qo‘yishdir, uning issiqligidan miyasi qaynaydi, go‘yoki u suv
qaynatiladigan idishdek, qulog‘ida va jag‘ida cho‘g‘ turgandek, lablari o‘tning
issiqligidadir. Qornidagi narsalar ikki oyog‘ining tagidan oqib chiqadi. U, menga
do‘zaxning eng qattiq azobi bo‘lyapti, deb o‘ylaydi, aksincha, bu azob, do‘zax ahli uchun
eng yengil azobdir”.
Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat etiladi:
“Do‘zax ahllari Molikni (do‘zaxning boshlig‘ini) chaqirishadi. Ularga qirq yil javob berilmaydi, keyin ularga: “Sizlar (mana shu azobda mangu) turguvchisizlar” (Zuxxuf, 77), degan javob beriladi. Keyin Allohga duo qiladilar: “Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan hayoti-dunyoga) chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug‘yonga) qaytsak, u holda, shak-shubhasiz (o‘z jonimizga) jabr qiluvchilarmiz” (Mo‘minlar, 107).
Dunyo ikki marta aylanganchalik muddat ularga javob berilmaydi, keyin aytiladi:
“U yerda (jahannamda) xor bo‘linglar va Menga gapirmanglar” (Mo‘minlar, 108).
Faqih aytadi: Allohga qasamki, o‘sha gapdan keyin qavm bir og‘iz ham gapirmaydi.
Undan keyin ular qiyinchilik bilan nafas olib, qiyinchilik bilan chiqaradilar. Ularning
ovozlari olovning issiqlik ovoziga o‘xshaydi. Birinchisi – nafas olishlik; oxirgisi – nafas
chiqarishlikdir.
Qatoda aytadi: “Ey qavm, bu narsadan qutulishlikka chora bormi? Yoki sabr qilasizlarmi?
Ey qavm, Allohga toat-ibodat qilmoqlik yengilroqdir. Allohga itoat qi-linglar!”
Aytiladiki, do‘zax ahllari ming yil qo‘rqib turishadi, so‘ngra, agar dunyoda sabr
qilganimizda, qutulgan bo‘lar edik, deyishadi. Keyin yana ming yil sabr qilinadi. Ularga
azob yengillatilmaydi. Keyin aytadilarki:
“(Endi esa) dod-voy qilamizmi, sabr