Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Agar zolimni shu qilgan zulmidan qaytarur bo‘lsang, unga yordam qilgan bo‘lursan, — 
dedilar. 
So‘ngra har ikki tarafni so‘z bilan qondirib, bu fitnani bosdilar. Ammo munofiqlar bo‘lsa, 
bu ish bahona bo‘lib, yomon so‘zga og‘izlari ochildi. Ayniqsa, ularning raislari Abdulloh 
ibn Ubay ibn Salul qattiq g‘azablanib, o‘ziga qarashlik bir necha munofiqlar bilan bu 
haqda so‘z qilishdilar. Mo‘minlardin Zayd ibn Arqam bular ichida o‘ltirgan edi. Abdulloh 
ibn Ubay aytdi: 
— Bunday xo‘rlikni kim ko‘rgandur, nega bunday qiladilar? Qochqin edilar, yerlik 
bo‘ldilar. Oz edilar, ko‘paydilar, o‘tganlarning maqollari bek to‘g‘ridur: «Itingni ko‘p 
to‘yg‘izma, och bo‘lsa, orqangdan ergashib yurgay, it semirsa, egasin qopgay». 
Mana shunga o‘xshash adabdin tashqari bir muncha so‘zlar eshitib o‘tirgan Zayd ibn 
Arqam buni ko‘ngliga sig‘dirolmay, Hazrati Umarga kelib aytdi. U esa Payg‘ambarimizga 
aytdi. Ansor muhojirlaridin oldilarida o‘ltirgan sahobalar ko‘p edi, bu so‘zni anglab, 
muborak mengzalari (yuzlar) o‘zgardi, unga qarab:  
— Balkim sen bu so‘zni xato anglagandursan, ul shunday yomon so‘zni aytmagan 
bo‘lg‘ay, — dedilar.  
Ansor sahobalar Zayd ibn Arqamni qattiq hurmat qilishar edi, uni so‘zi yolg‘ondek 
ko‘rinib o‘zi xijolatga qoldi. So‘ngra Hazrati Umar: 
— YO Rasulalloh, bu so‘zni aytuvchi munofiqlar raisi Abdulloh ibn Ubayning, albatta, 
jazosini berish lozimdur. Ruxsat qilingiz, boshini kesgayman, yoki ansorlarga ruxsat 
qilgaysiz, o‘zlari yo‘q qilsunlar, — dedi.  
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
— Ey Umar, bu ishga sabr qilmoqdin boshqa chora yo‘qdur. Agar unga jazo berur 
bo‘lsak, o‘zaro ko‘ngilsiz ishlar chiqib, har xil so‘z ko‘paygay. 
So‘ngra kishilarni alahsitib, bu fitnani bosish uchun u joydin ko‘chishga buyurdilar. Yo‘q 
esa, mundoq kun qizig‘ida yo‘l yurish Rasulullohga odat emas edi. Ansor raislaridan 
Usayd ibn Huzayr kelib:  
— Yo Rasululloh, mundoq kun qizig‘ida yo‘lga chiqishning sababi nimadur? — deb 
so‘radi.  
Anda Rasululloh:  
— Sen Abdulloh ibn Ubay so‘zini eshitmadingmi, u esa Madinaga borgan so‘nggida bizni 
va bizga qarashli muhojirlarni Madinadan haydab chiqarmoqchi bo‘libdur, — dedilar.  
Anda ul:  
— Yo Rasulalloh, sizni Alloh aziz qilgan, uni bo‘lsa, xor qilmishdur. Agar siz ruxsat 
qilsangiz, o‘zini Madinadan biz haydab chiqaraylik. Siz Madinaga kelishingiz oldida uni 
podshoh qilmoqchi bo‘lib, taxt qurgan edik. Inju gavhar bilan ziynatlab, boshiga toj 
kiydirmoqchi edik. Shu orada siz kelib, Islom dini rivojga kirishi bilan bu so‘z unutilib, 
tashlab qo‘yildi. Buning podshohligini siz tortib olgandek bo‘lib qoldingiz. Mana shunga 
hasadi qo‘zg‘alib, chiday olmasdin aytgan so‘zidur, — deb uning tomonidan uzr 
aytgandek bo‘lib, afv o‘tindi. 
Shu bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kecha-kunduz to‘xtamasdan yo‘l yurib, 
ertasi kuni tushga yaqinlashganda manzilga kelib tushdilar. Yo‘l uzunligi, yana 
uyqusizlikdin bek charchab, tuyadan tushishlari bilan uxladilar. Mundoq uzoq 
yurishlarining sababi ersa, o‘tgan kungi munofiqlar qo‘zg‘agan so‘zlarni bostirmoq edi. 
Lekin bu munofiqning o‘g‘li Hubob chin musulmon bo‘lganidan, otasi Abdulloh ustida 
bo‘lgan so‘zlarni anglab, bek xafa bo‘lib Rasululloh oldilariga keldi va: 
— Yo Rasulalloh, agar otamni o‘limga buyurmoqchi bo‘lsangiz, bu ishga o‘zimni 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin