Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
— Agar kishi ko‘ngli bir ishdan cho‘chib, undan yomon fol olsa, shu duoni o‘qib, o‘z 
ishida davom etsun:  
«Allohumma la ya’tiy bilxayri illa anta vala yadfaushsharra illa anta». Ma’nosi: «Ey bor 
Xudoyo, har yaxshilikni berguvchi va har yomonlikdan saqlaguvchi O‘zingsan». 
Bir narsadan cho‘chib, yomon fol olish, irim-sirim qilib o‘ltirish Islom dinida yo‘q ishdur. 
Shundoq qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchinchi manzilga kelib tushdilar. Bu 
yerni Muraysi’ deb aytishur edi. Dushmanlar ham shu joyda yig‘ilishib turgan edilar. 
Rasululloh ham saf tuzib, urush tayyorgarligini ko‘rib, hozir turdilar. So‘ngra iymonga 
taklif qilib:  
— Agar «La ilaha illallohu, Muhammadur rasululloh», deb taslim bo‘lsalar, o‘limdan 
omon topqaylar, — dedilar.  
Ular bu so‘zdan yuz o‘girgach, urush boshlandi. Har ikki tarafdin biror soat o‘qlar otildi. 
So‘ngra sahobalar hujumga o‘tdilar. Ko‘p o‘tmay, dushmanlar yengildi. Bir munchalari 
qilichdan o‘tkazilgach, qolganlari butunlay asir olindi. Besh ming qo‘y, ikki yuz tuya o‘lja 
tushgan edi. Bu mollar ustiga Rasulullohning ozod bo‘lgan qullari Shaqronni qorovul 
qo‘ydilar. Qo‘lga tushgan asirlarni hazrati Buraydaga topshirdilar. Bu urushda olingan 
asirlar ichida shu qabilaning raisi Horis ibn Zarrorning Barra ismli qizi ham bor edi. Bu 
qabiladan ikki yuz oila asir tushgan edilar. Bular esa arablar ichida atoqlik qabilalardan 
bo‘lib, xotun-qizlarini asoratda qoldirish o‘zlari uchun eng og‘ir nomus sanalur edi. 
Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu to‘g‘rida bir yaxshi siyosat 
qo‘llab, asirlar ichida raislarining qizi Barrani o‘z nikohlariga oldilar. Buni sahobalar 
ko‘rgach: 
— Bu qabila raisi Rasulullohga qaynota bo‘ldi, Rasululloh alarga kuyov bo‘ldilar, endi 
buning hurmatidan biz ham qo‘limizdagi asirlarimizni ozod qilishimiz kerak, — deyishib, 
o‘z taqsimlariga tushgan barcha asirlarini ozod qildilar. 
Shu ish sabab bo‘lib, bu qabiladan hech kim qolmasdan, hammasi musulmon bo‘ldi. Shu 
uchun onamiz Oisha: «Bu xotunning sharofati o‘z qabilasiga bek ulug‘dur, ular asirlikdan 
ozod bo‘lishib, ikki dunyo azobidan qutulishdi. Islom diniga kirishib, abadiy davlatga 
yetdilar», dedilar. Onamiz Barrani nikohlariga olgandan keyin, ismini yo‘tkab 
(o‘zgartirib) Juvayra qo‘ydilar. Barra yaxshilik, Juvayra qizchoq, degan bo‘lur. Buni 
yo‘tkashning sababi esa fahmlik kishilarga ma’lumdir. 
Yana shu safarda bir voqea o‘tdi. Askarlardan ikki kishi suv talashib, urushib qoldilar. 
Birlari Makka muhojirlaridan, yana birlari Madinalik ansorlardin edi. Muhojir ansorni urib, 
qon qildi. Bu tayoq yetgan kishi arab odaticha: «Yo lal Hazraj?» (ya’ni, «Ey Hazraj, 
bormisan?») deb o‘z qabilasini yordamga chaqirdi. Buni ko‘rib, urgan kishi ham: «Yo lal, 
muhojiriyn?», deb qo‘rqqanidan qichqirdi. 
Johiliyat arablari urush vaqtida har qabilaning yuqorigi otalarini atab qichqirar edi. 
Mundoq qichqirishlarida har qabila o‘z urug‘iga yordam berishlari lozim bo‘lur edi. Bu 
tovushni eshitgach, muhojir, ansor sahobalaridin ikki firqa odam yugurib kelib, yordam 
berish uchun har qaysilari o‘z kishilari ustiga to‘plandilar. Qurollariga qo‘l solishib, 
urushib ketishlariga oz qoldi. Bu voqea ustida katta bir fitna chiqishiga yaqinlashdi, muni 
anglab, Rasululloh chodirlaridan yugurganlaricha kelib:  
— Ey, mo‘minlar, mundoq so‘zlar johiliyat zamonidan qolgan yomon so‘zlardur. Bu 
qichqirishlar fitna qo‘zg‘ab, qon to‘kilishiga sabab bo‘lur. Islom diniga kirgan kishi yana 
shunday so‘zlarni tashlamas ersa, unday odam tamuqqa (do‘zaxga) tashlanur, Mo‘minlar 
bir-biriga Xudo qo‘shgan birodardur. Birodari mazlum bo‘lsin yoki zolim bo‘lsin, unga 
yordam berish lozimdur,— dedilar.  
Anda bir kishi: 
Yo Rasululloh, mazlumga yordam qilaylik, ammo zolimga nechun yordam qilurmiz? — 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin