Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

DAVMATUL JANDAL G‘AZOTI 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
Hijratning to‘rtinchi yili oxirlarida Rasulullohga xabar keldikim, Davmatul Jandal degan 
joyda turgan odamlar yig‘ilishibdur, bularning maqsadlari ersa Madinaga hujum 
qilmoqdur. Bu xabar kelgach, Rasululloh ming kishilik askar tuzib, yo‘lga tushdilar. Bu 
yer Madinaning Shom tarafida bo‘lib, o‘n besh kunlik yiroqlikda edi. O‘tkinchi 
yo‘lovchilarga to‘sqin ko‘rsatib, alarga ko‘p zulm qilmoqda edilar. Dushmanga bildirmay 
alarni bosish uchun, kunduzi yashirinib, kechasi yurdilar. 
Shundoq qilib, Islom askari dushman ustiga yetib borib, to‘satdan alarga hujum qildi. 
Nima qilishlarini bilisholmay, o‘z boshlarini olib qochishga arang ulgurdilar. Butun mol-
chorvalarini o‘tloqda qoldirib, o‘zlari esa har qayoqqa tarqalib qochdilar. Alardin qolgan 
butun narsalar o‘ljaga tushdi. Dushman tomonidan hech qandoq qarshilik ko‘rilmay, 
Madinaga salomat qaytdilar. 
Shu qaytishlarida Fizor qabilasining raisi Uyayna ibn Hisn Rasulullohga uchrashib, 
o‘rtada kelishim bo‘ldi. U chog‘da bu qabila kishilari dinga kirmagan edilar. Rasululloh bu 
odamni «Ahmaqul muto’», ya’ni, «obro‘ylik ahmoq», der edilar. Xalq ichida shunday 
odamlar bilan ham murosani madora qilmoq lozimdur. Shuning uchun Rasululloh bu 
odam bilan sulh tuzib, murosa qilib, butun ummatlari uchun bir tuzuk (qonun) 
qoldirdilar. Bu bilan murosa qilganlikdan, chorva mollarini o‘tlatmoq uchun Madinadan 
o‘ttiz olti mil uzoqdagi bo‘sh yotgan yerlardan o‘tloq joy kesib berdilar. O‘z yerlarida shu 
yillari yomg‘ir yog‘may, quruqchilik bo‘lgan edi. 
Rasulullohning bu qilgan yaxshiliklarini ular bilmadilar. Bu joyga kelishib, ot-uloq, oriq 
tuyoqlari semirgandin keyin Rasulullohning sog‘in tuyalarini haydashib, o‘z yerlariga 
qochishib ketdi. Bu voqeani o‘z o‘rni kelganda yana bayon qilurmiz, inshoalloh. Shul 
kishi haqida bu hadisni aytganlar: 
«Inna sharrannasi man tarakahunnasu ittiqoa fahshihi». Ya’ni: «Odamlar ichida eng 
yomon kishi shulki, uning uyatsizligi, og‘zi buzuqligidan kishilar hazar qiladilar, ziyon 
yetmasin deb uni hurmat qiladilar. Eng yomon odam shuldur», dedilar. 
Endi bu joyda Payg‘ambarimizning u kishi haqida «obro‘ylik ahmoq» degan so‘zlaridan 
ilhom olib, bu o‘rinda, o‘qituvchilar uchun bir necha foydalik so‘zlar yozib qoldirishni 
lozim topdim. Albatta, shuni bilmak kerakkim, inson olamiga berilmish ne’matlar ichida 
eng ulug‘i aql ne’matidur. Shunga o‘xshash, olamda borliq balolar ichida eng yomoni 
ahmoqlik balosidur. Bunday ziyonlik yomon narsa do‘zaxda ham yo‘qdur. Agar kishi 
aqlini haqlik yo‘lida ishlatar ekan, u kishi farishtalik maqomiga yetib, balki payg‘ambarlar 
kabi ulardan o‘tib komil inson bo‘lishi shubhasizdur. Agar odam ahmoqlik yo‘liga kirib, 
hayvonlik sifatiga berilar ekan, shaytonga qul bo‘lib, do‘zax o‘tiga yem bo‘lishiga shak 
yo‘qdur. Dunyo yaratilgandan boshlab, nohaq to‘kilgan qonlar, yeru-ko‘kka gunohi 
sig‘maydigan insonlarning qilgan zulm-xiyonatlari barchasi shu ahmoqlik orqasidan 
yuzaga chiqqan ishlardur. Agar kishi birovni: «Xudo seni ahmoq qilmasun, ahmoqlarga 
yo‘ldosh qilmasun», der ekan, uni eng ulug‘ olqishlagan bo‘lur. Shuning uchun Jaloliddin 
Rumiy «Masnaviy sharif» kitobida aytmishdur: 
«Zi ahmaqon biguriz chun Iso go‘rixt», ya’ni: «Iso payg‘ambar ahmoqlardin qochdi, sen 
ham shuningdek ulardin qochgil, chunki butun dunyoda bor buzuqlik ishlar, nohaq 
to‘kilgan qonlarning bariga shular sababdur», degan bo‘lur. Bu baytning kitobda hikoyasi 
bordur. 
Shundoqki, bir kuni Iso alayhissalom bir necha ahmoq odamlarni ko‘rib, ulardin yuz 
o‘girib qochdilar. Anda shogirdlari: «YO Rasulalloh, sizning muborak nafasingizdan 
qancha ko‘p tug‘asi (tug‘ma) gunglar, karlar shifo topdilar. Sizning qo‘lingizda Xudo izni 
bilan bir necha o‘liklar ham tirildi. Shunday bo‘lgach, bu ahmoqlarga bir dam ursangiz, 
bular ham shu ahmoqlik balosidan qutulib qolsalar yaxshi bo‘lur edi», dedilar. Anda Iso 
alayhissalom «Mening nafasim Alloh izni bilan o‘liklarni tirgiza olar. Har qandoq 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin