IKKINCHI BADR G‘AZOTI Bu voqea shundoq erdikim, o‘tgan Uhud urushida Quraysh mushriklari musulmonlarni
yenggan edilar. Urush to‘xtab qaytar chog‘larida askar boshlig‘i Abu Sufyon:
— Ey Muhammad, kelasi yili Badr mavsumida sizlar bilan yana urush qilgaymiz,
deganida, Rasululloh: «Inshaalloh, u vaqtda biz ham tayyormiz», deb va’da bergan
edilar.
Badrda esa har yili Sha’bon oyida sakkiz kun bozor bo‘lur edi. Quraysh mushriklari Uhud
urushidan qaytib, Makkaga bordilar. Rasululloh Madinaga kelib, uch oy o‘tgandan
so‘ngra Sha’bon oyi kirdi. O‘tgan Uhud urushida qilgan va’dalari bo‘yicha yana urush
safariga tayyorlik qildilar. Bir ming besh yuz kishidan qurilgan qo‘shin hozirlangandin
so‘ngra, Abdulloh ibn Ubayni Madinaga voliy tayinlab, yo‘lga chiqdilar. Bular ichida o‘n
kishi (bahodirlardan) otliq bo‘lib, qolganlari tuyalik edilar.
Askar yo‘lga chiqmasdin bir kun ilgari Anjad qabilasining raisi Nuaym ibn Ma’sud
Madinaga keldi. Bu kishi ersa Makkaga bormoqchi edi. U yerga borgan hamon bu
xabarni vahimalik qilib Abu Sufyonga yetkazdi. Buni onglagach, u ko‘p g‘amgin bo‘ldi.
Chunki chiqmay desa, o‘z va’dasiga xilof qilgan bo‘lur va ham boshqalar oldida urushdin
qo‘rqib chiqmagandek ko‘rinur. Yana shulki, Rasululloh qo‘shin tortib va’dalashgan joyga