Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
hammalari tashqariga chiqishib, Rasulullohni ko‘rmagach, hayronlikda qoldilar. Shu 
orada Madina tomonidan kelayotgan bir odam Rasulullohning Madinaga ketayotganlarini 
yo‘lda ko‘rdim, deb xabar berdi. Buni onglashib, sahobalar chopganlaricha Rasulullohga 
yetdilar. So‘ngra aytdilarkim: 
— Siz bir ishga shoshilgandek bo‘lib u joydin chiqib, qaytib kirmadingiz. Bizlar xabarsiz 
qolib, sizdan ko‘p tashvishlandik, buning sababi nima ekanini bilmadik? — dedilar.  
Anda Rasululloh: 
— Yahudlar meni o‘ldirish uchun qasd qilmish edilar. Bu haqda Jabroil alayhissalom 
vahiy keltirib, menga bildirdilar, shu uchun alardin saqlanib qaytib kirmadim, — dedilar. 
Shunday qilib, yahudlarning qilgan xiyonatlari ma’lum bo‘ldi. O‘rtada tuzilgan ilgarigi 
ahdnoma shartlarini o‘zlari buzdilar. Rasulullohga qilgan xiyonatlarini yuzaga chiqardilar. 
Bu xiyonatlari hammaga ma’lum bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
Muhammad ibn Salamani ularga yuborib, bir necha kun ichida xoinlar arab tuprog‘idan 
chiqib ketsunlar, deb amr qildilar. Bu farmon borgandin keyin boshlariga qiyomat kelib 
ichlariga g‘ulg‘ula tushdi. Bu ishga sabab bo‘luvchilarni yomonlab, alarga ta’na 
aytishdilar. Islom ahliga qazigan chuqurlariga o‘zlari yiqildilar. YOpiq turgan ofat eshigini 
o‘zlari ochganlikdan uni yopish uchun Rasulullohga uzr aytmoqqa tillari yo‘q edi. Mana 
shunday bo‘lgach, nochor qolishib, joy-jo‘shlarini, bog‘-bo‘stonlarini tashlashib 
ketmoqchi bo‘ldilar. Mana shu chog‘da bularning do‘stlari — Madina munofiqlaridan 
yashirincha xabar keldikim: «Biz sizlar bilan birgadurmiz. Agar Muhammad bilan urushar 
bo‘lsangiz, yordamga tayyordurmiz», deb yahudlarga va’da qildilar. Bularning so‘ziga 
ishonishib, ko‘chishni kechiktirdilar. 
Buni ko‘rib Rasululloh urush jamalg‘usini qilishga buyurdilar va yetarlik askar yig‘ildi. 
Tug‘ bayroqlar bog‘lanib, bosh tug‘ni Hazrati Aliga berdilar. Madina shahriga ibn Ummu 
Maktumni voliy qilib, so‘ngra dushman ustiga yurish qildilar. Bu xabar yahudlarga 
eshitilgach, qarshi chiqib urusholmay, qo‘rqqanlaridan qochib qo‘rg‘onlariga kirishdi. 
Rasululloh olti kecha-kunduz qo‘rg‘onni qamal qildilar. Shungachalik yordamga va’da 
bergan Madina munofiqlaridan xabar bo‘lmagach, alardin umidlari uzilib, boshqa yo‘l 
topisha olmaganlaridan keyin, Rasulullohga elchi yuborib: 
— Urush qurollarimizni butunlay topshiraylik, har bir oilaga o‘zimiz xohlaganimizcha bir 
tuya yuk mol olaylik, jonimizga omonlik berilsin, shu bilan arab tuprog‘idan chiqib 
ketaylik, — dedilar. 
Rasululloh bunga rozilik bildirdilar. So‘z shunga to‘xtalgandin so‘ngra, yahudlardin bir 
qanchalari Xaybarga ko‘chishib, qolganlari esa Shom tuprog‘idagi Azru’ot degan joyga 
ketishdi. Bulardin qolgan butun mol-dunyolari xazinaga olindi. Rasululloh bu g‘animat 
mollardin faqir miskinlarga, yetim bolalarga, tul xotunlarga nasiba chiqarib, alarga 
ulashib berdilar. O‘rtada qon to‘kilib, urush bo‘lmaganlikdan askarlarga bu moldin 
berilmadi. Chunki bu voqeada o‘lja tushgan mollarni ba’zi sahobalar Islomdin ilgarigi 
arablar odatlaricha bo‘lishib olmoqni istadilar. 
Mana shu chog‘da tushgan Hashr surasidagi oyatlarning hukmiga qarab, Rasululloh bu 
mollarni xazinaga olib, shariat buyurgan o‘rniga berdilar. Shu kundan boshlab, urushda 
olingan o‘lja mollarini bo‘lish usuli arab odatlaricha bo‘lmay, balki Qur’on hukmiga 
bog‘landi. Shunday bo‘lib, bu safarda urush-talash bo‘lmasdin, bularning sharridan 
musulmonlarni Xudo qutqardi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin