Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
Shundoq dahshatlik bir holda turib, bundoq mazmunlik she’r aytib, dushman oldida 
namoz o‘qimoq bu zotning raziyallohu anhu, qandoq haqiqiy iymonga ega ekanligini 
ko‘rsatdi.  
MAUVNA VOQEASI 
Dag‘i (yana) shu yilning Safar oyida bani Omir qabilasining raislaridan Abu Omir degan 
kishi elchi bo‘lib, Madinaga keldi. Rasululloh uni dinga da’vat qildilar. Iymon keltirmasa 
ham yaqinlashib aytdikim: 
— Ey Muhammad, men bu dinni to‘g‘ri topdim, sharofatlik yaxshi din, deb o‘ylayman. 
Lekin mening qavmim Najdda qoldilar. Agar Najd qavmiga bir necha ulamo 
kishilaringdan yuborur ersang, alarni shu dinga da’vat qilsalar, qabul qilgaylar, deb umid 
qilurman, — dedi. Anda Rasululloh: 
— Najd xalqiga ishonchim yo‘qdur, yuborilgan kishilarga yomon qasd qilgaylar deb 
qo‘rqaman, — dedilar. Anda Abu Omir: 
— Andoq ersa bu boradurgan kishilarni o‘z omonimga olurman, hech kimdan alarga 
ziyon-zahmat yetkazmaslik uchun va’da berurman, — dedi. 
Rasululloh buning so‘ziga ishonganlikdan Munzir Ibn Amr degan kishini boshchi qilib
sahoba qorilaridan yetmish kishini qo‘shib yubordilar. Bular necha kunlab yo‘l yurishib, 
Mauvna degan quduqqa yetishdi. Mana shu joyga kelganlarida, maslahat bilan xalqni 
dinga da’vat qilish mazmunida bir xat yozishdilar. Bu xatni sahobalardin Ibn Milhon 
degan kishi yuqoriga Abu Omirning jiyani Omir degan kishiga keltirib topshirdi. Bu esa 
qabila raislarining birisi edi. Keltirgan xatni o‘qib ko‘rmay turib, xat keltirgan ibn Milhon 
ustiga hujum qilib, ani shahid qildi. Qolgan sahobalarni ham yo‘q qilmoqqa o‘z qabilasini 
chaqirgan edi, amakisi Abu Omir bularni o‘z omonatiga olib, Rasulullohga va’da berib 
chiqqanini alarga bildirdi. Qabilasi buni onglagach: «Biz Abu Omirning va’dasini buza 
olmaymiz», deb uning chaqirig‘iga yurmadilar. Nochor bo‘lib, bir necha boshqa 
qabilalarni tashviq qilib, ular ustiga hujum boshladi. Dushmandan saqlashga va’da berib 
olib chiqqan Abu Omir bularni himoya qilishdan ojiz qoldi. Shuning bilan ko‘pchilik 
dushmanlar to‘rt tarafdin o‘rab, yetmish sahobani oraga oldi. Bular ham urusha-urusha, 
oxiri barchalari shahid bo‘ldilar.  
Bulardin ikki kishi o‘limdan omon qoldi. Birisi Ka’b ibn Zayd o‘liklar ichida yotib, keyin 
tirildi. Buni dushmanlar o‘ldi deb o‘ylashgan edi. Ikkinchisi, Amr ibn Umayya, bu kishi 
bo‘lsa, hech ishdin xabari yo‘q, askarning ot-uloqlarini o‘tloqda boqib yurgan chog‘da 
shu voqea bo‘lmish edi. So‘ngra bu musibatdin xabar topib, bo‘lgan fojiani Rasulullohga 
yetkazdi. Bundin bir kun ilgari hazrati Jabroil ham shu haqda vahiy keltirgan edi. Bu 
musibatni onglagach, Rasululloh qattiq qayg‘urdilar. Dushmanlar qo‘lida vahshiyona 
o‘ldirilgan ahboblarni eskarib, bek achindilar. Ilgari-keyin Rasululloh bularga 
achingandek hech kimga achinmagan edilar», deb Anas rivoyat qilmishdur. 
Chunki bu sahobalar urush uchun emas, balki Najd xalqiga Rasulullohning da’vatlarini 
yetkazish uchun elchi qatorida yuborilgan edilar. Arab odaticha, elchilarni o‘ldirish bu 
yoqda tursin, alarni mehmon o‘rnida ko‘rishib, hurmat qilishur edi va o‘z raislaridan 
bo‘lgan Abu Omir ularni ziyon-zahmatdin saqlamoqchi bo‘lib, Rasulullohga va’da bergan 
edi. Va’dasiga vafo qila olmaganligi uchun u kishi ham qattiq qayg‘urib, shu sababdin 
o‘zi ham vafot topdi. Chunki Rasululloh: «Men bularni iymon kelturmagan qabila ichiga 
yuborishni yaxshi ko‘rmagan edim. Bu ish ersa qo‘rqinchli edi. Bu fojianing bo‘lishiga 
Abu Omir sababchi bo‘ldi», dedilar. Arab raislariga bundoq ishlar o‘z odatlaricha o‘limdan 
ham qattiqroq ko‘rinur edi. Mana shuning uchun bu ishning or-nomusiga chiday 
olmasdin xafaligi oshib, ajaliga sabab bo‘ldi. Bundin oldinroq o‘tgan Raji’ voqeasi, bu 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin