Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
142
Shu
orada uni uyqu bosib, ajal to‘shagiga kelib yotdi. Qattiq uyquga kirgan chog‘da,
Abdulloh sekingina turib, jon chiqar uni chiqmas joyiga xanjarini botirdi. Va shu zamon
to‘xtovsiz tun qorong‘usida Madina sari jo‘nadi.
Kunduzi yashirinib, kechasi yo‘l yurar
edi. Orqadin chiqqan quvg‘inchilarga yo‘liqmay to‘qqiz kun deganda Madinaga salomat
qaytib keldi. Shu chog‘da Rasululloh masjidda o‘tirgan edilar. Abdullohga ko‘zlari
tushgan hamon, arabchalab: — «Aflahal vajhu», ya’ni: «Yuz yoridimi?» dedilar. Anda
Abdulloh: «Aflaha vajhuka», ya’ni: «Rasululloh,
yuzingiz yoridi, tilagimga yetdim» dedi.
Bo‘lgan voqeadan xabar topgach: «barakalloh» deb Payg‘ambarimiz Abdullohga bir aso
(hassa) berdilar va: «Sen jannatda bu asoni tutib yurgaysan. Ul joyda aso tutganlar oz
bo‘lgaylar», dedilar.
Demishlarkim, Abdulloh bu asoni butun umri boricha saqladi. Vafoti hozir bo‘ldi ersa,
aning vasiyati bilan asoni kafan ichiga qo‘yib, birga ko‘mdilar, raziyallohu anhu.
Dostları ilə paylaş: