Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
yorug‘ qilish, qozon qaynatib osh qilishning iloji yo‘q edi. Hech qachon shundoq qattiq 
to‘polon ko‘rmagan askarlar bunday ahvolni ko‘rib aqldan adashdilar. «Muhammad sehr 
qilib bo‘ron chiqazdi, endi ustimizga hujum qilur», deb askarga qo‘rqinch tushganlikdan 
har kishi jon vahimasida qoldi. Rasulullohga qo‘shilgan Madina munofiqlariga bu bahona 
bo‘lib, ruxsatsiz uylariga qaytgali turishdi. Havoning sovuqligi, qorinning ochligi, 
kiyimning yo‘qligi, kechaning qorong‘uligi bo‘lib musulmonlar ham bek g‘am yedilar. Shu 
kecha har ikki taraf askarlari yuqorigi sabablardan o‘zlari bilan o‘zlari ovora bo‘lib 
qoldilar. 
Rasululloh bu holni ko‘rgach sahobalarga qarab: «Bir kishi bormidurmikim, dushman 
qo‘shiniga borib, alardin bizga xabar keltira olg‘ay?» deb uch marta qayta aytdilar. Har 
bir aytganlarida Hazrati Zubayr o‘rnidan turib: «YO Rasulalloh, bu ishga men borayin», 
dedilar. 
Anda Rasululloh aytdilar: «Har bir payg‘ambarning o‘ziga maxsus yordamchisi bo‘lur, 
mening ham o‘zimga xos yordamchim Zubayr», deb iltifot qildilar. Ammo u kishini bu 
xizmatga buyurmadilar. 
Chunki u kishida bahodirlik, o‘tkirlik bor edi. Dushmandin xabar olish ustiga yana bir ish 
qilib qo‘ymasin deb, uni yuborishni loyiq topmadilar. Chunki har ishni o‘z ahliga 
topshirish lozimdur. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Huzayfa, bu xizmatga sen borg‘il», 
deb buyurdilar. 
Anda Hazrati Huzayfa: «Yo Rasulalloh, Alloh haqqi bu xizmatni bajarib kelishga kuchim 
yetmaydur. Ochlikdan, sovuqdan yurishga quvvatim yo‘qdur. O‘limdan qo‘rqmasman. 
Lekin kofirlar qo‘liga asir tushib qolishdan qo‘rqaman», dedi. Anda Rasululloh aytdilar: 
«Alloh taolo seni to‘rt tomoningdan saqlaydi, borgil, bu xizmatga seni buyurdim». Buni 
anglab Hazrati Huzayfa sakrab o‘rnidan turdi. Qarasa, avval o‘zida sezilmagan bir quvvat 
paydo bo‘libdur. Vujudidagi borliq og‘irchiliklar andin ko‘tarilibdur. Avvalda sovqotib 
turgan bo‘lsa ham, Rasululloh bu xizmatga buyurganlaridan so‘ngra, o‘zini hammom 
ichida o‘lturg‘on odamdek sezdi. 
So‘ngra xandaqdin o‘tib, qorong‘ulik ichida dushmanning qalin askariga borib qo‘shildi. U 
chog‘da «yilt» etgan yorug‘, dushman askari ichida yo‘q edi. Yurgan-turganlarning 
sharpasidan boshqa maydon ichida hech bir jon ko‘rinmas edi. Timiskilanib yurib-o‘ltirib, 
askar boshlig‘i Abu Sufyon to‘piga kelib yetdi. Shu chog‘da Abu Sufyon o‘z askariga 
qarab aytdikim: 
— Ey Quraysh xalqi, butun jahonni qorong‘ulik bosdi. Har kishi o‘z yo‘ldoshini yaxshi 
tanib, soqlik bilan tursun, kecha qorong‘uligidan foydalanib, yana Muhammad josuslari 
kelgan bo‘lmasun. Bu chiqqan bo‘ron — shamolning qachon to‘xtashini bilmaymiz. 
Qurayza yahudlari bo‘lsa, va’dalarini buzganlikdan oramizda ishonmaslik tug‘ildi. O‘zimiz 
ot-uloqlarimiz uchun oziq-ovqatdin siqildik. Shuning uchun hozirgi bu urushni qo‘yib, 
uyga qaytishni to‘g‘ri topdik. Bir turlik boshqa ko‘ngilsiz ish kelib chiqmasdin ilgariroq 
ketganimiz yaxshiroqdur. Men buyruq qildim, qani endi ko‘chinglar, — deb sakrab 
tuyasiga mindi. Tuya yurmagani uchun, nima bo‘ldi deb qarasa, tushovini yechmagan 
ekan. Abu Jahl o‘g‘li Ikrima buni ko‘rib: 
— Ey Abu Sufyon, sen xalq boshlig‘i, askar qo‘mondoni erursan, hammadin ilgari tuyaga 
minib, hammadin oldin qayoqqa qochmoqchidursan? — dedi. 
Uning bu so‘zidan uyalib, darhol o‘zini tuyadan tashladi. Tuyasini yetaklaganicha askar 
oralab «ko‘chinglar, ko‘chinglar» deb qichqirur edi. Yana shu to‘polonchilikda orqa 
hujumidan saqlanish uchun Xolid ibn Valid qo‘mondasida ikki yuz otliq askar chiqarib, 
alarni chindovullikka, ya’ni orqa safga qo‘ydi. Shundoq bo‘lsa ham qattiq qo‘rqinchilik 
qoplog‘on dushman qo‘shini bosh-oyog‘iga qaramay, tartibsiz ravishda qaytdilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin