www.ziyouz.com kutubxonasi
179
yegandan so‘ngra taomdin qo‘l tortdi, buni ko‘rib sahobalar hayron qoldilar. Chunki
iymon keltirishdan oldin bundan necha barobar ortiq ovqat yeganini ko‘rishgan edi. Anda
Rasululloh:
— Kishi kofirlik holda tomoq yer ersa, yetti qat ichagi to‘lmagunchalik qanoat qilmagay,
ammo mo‘minlarning bir qat ichagigagiga taom yetsa, qanoat hosil bo‘lg‘ay. Ertalab
kofirlik holida erdi, kechqurun mo‘minlik sifatiga kirdi. Bu ikki holda birdek bo‘lmagay, —
dedilar.
So‘ngra Hazrati Samoma Rasulullohdan ruxsat olib, o‘z yeri Yamomaga qaytdi. Bu
kishining tashviqoti bilan o‘z qavmi va boshqalardan bo‘lib, bir qancha kishilar musulmon
bo‘ldilar.
So‘zda subutlik, dinda ixloslik ulug‘ sahobalardan edi. Rasululloh vafotlaridan so‘ngra
Yamomadan yolg‘on payg‘ambar Musaylama Kazzob huruj qildi. Yerlik arablardan
ko‘plari murtad bo‘ldilar. Shu chog‘da Hazrati Samoma bularga qarshi chiqib, Islom
askariga ko‘p yordam yetkazdi, raziyallohu anhu.