www.ziyouz.com kutubxonasi
181
keyin, orqasidan quvlab chiqqan bo‘lsalar ham, unga yetolmay qaytdilar. Chunki u necha
poygalarda o‘zib chiqqan yuguruk tuya edi. Shuning bilan salomat Madinaga kelgach,
xotin Rasululloh oldilariga kelib:
— Yo Rasululloh, shu tuya ustida salomat qutulsam, muni so‘yib Xudo yo‘lida qurbon
qilayin deb atab edim, — dedi.
Anda Rasululloh:
— Bu qanday yomon ishdur, Alloh seni muning ustida dushmandan qutqazgan bo‘lsa,
yana uni bo‘g‘izlab o‘ldirmoqchi bo‘libsan. Gunoh ishga nazr aytmoq durust emas. O‘zi
ega bo‘lmagan birovning molini qurbonlik qilish yo‘qdur, bu tuya esa mening molimdur.
Endi o‘z uyingga qaytgil. Alloh baraka bersin, — dedilar.
Rasululloh solallohu alayhi vasallam bu g‘azotdan Madinaga qaytib kelgach:
«Yayovlarimizning yaxshisi Abu Salama, otliqlarimizning yaxshisi Abu Qatoda ekan»,
dedilar. Chunki bul ikkovlari Rasulullohga yoqarlik darajada bu g‘azotda ish ko‘rsatdilar.