Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
bor sahobalar ham Rasulullohga ergashib, shunday qildilar. 
Shu bilan bu muborak safar oxiriga yetdi. Bu joyda yigirma kun turg‘onlaridan so‘ngra, 
Madinaga qarab qaytdilar. 
Ikki Haram o‘rtasi — Kuroul g‘anam degan manzilga yetganlarida «Inno Fatahno» surasi 
nozil bo‘ldi. 
Anda Rasululloh Hazrati Umarga qarab: 
— YO Umar, Alloh taolo vahiy yuborib, menga bir sura tushirdi, bu sura esa, men uchun 
butun dunyodan yaxshiroqdir», dedilar. Bu qaytishlarida butun askarni ocharchilik 
qoplag‘on edi. Kishilar arz qilib, «yo Rasulalloh, ochlikdan barimiz qattiq qiynaldik, 
mingan tuyalarimizni so‘yib yemakka ruxsat qiling. Alarning go‘shtidan ovqat qilib
ochlikni qaytaraylik, charvilaridan (yog‘laridan) tanlarimizga surtib yog‘lanaylik. 
Ichimizda yalang oyoq qolganlarimiz ko‘pdur. Terilaridan oyoqlarimizga choriq yasab 
kiyaylik», — dedilar. 
Anda Hazrati Umar: 
— «YO Rasulalloh, bu ishga ruxsat bermang, chunki dushmanga ishonch yo‘qdur. Oldi-
orqamizdan biror ish bo‘lib dushmanlar kelib qolsalar, u holda ochlik ustiga yayov qolur 
bo‘lsak, nima qilurmiz? Andin ko‘ra askardagi borliq ovqatlarni bir joyga yig‘aylik, ustiga 
kelib, aning barakasiga siz duo qiling. Siz Xudoning haq payg‘ambari erursiz, duoingiz 
sharofatidan ul taomga barakot kirgay, askar ochlik balosidan qutulg‘ay, — dedilar. 
Bu so‘z Rasulullohga ma’qul kelib, o‘rtaga bir supra yozdilar. So‘ngra askardagi borliq 
ovqat, yegulik narsalarni shu supraga to‘kishni buyurdilar. Askarning barcha ovqatlari 
shul joyga to‘plandi. So‘ngra Rasululloh aning ustiga kelib barakasiga duo qildilar. 
«Sahih Muslim» kitobida shundoq kelibdur: «Yaqin bir yarim ming askardan yig‘ilgan 
ovqatni keltirib supra ustiga to‘kdilar, aning ko‘pligi yotgan echkidek bo‘ldi. Rasululloh 
aning barakasiga duo qilganlaridan so‘ngra shuncha ko‘p askar bir supradan 
to‘yganlaricha taom yedilar. Askar yeb to‘xtagandan keyin Rasululloh aytdilar: «Qani 
xurjun xaltalarni keltiringlar. Safarimiz tugaguncha yo‘lga yetgudek qilib oziq-ovqat 
olinglar», dedilar. Barchalari keltirgan idishlarini to‘ldirib oziq-ovqat oldilar, yana o‘z 
barobaricha shuncha kishidan ovqat ortib qoldi. Buni ko‘rib Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam kulib aytdilarkim: «Ashhadu alla ilaha illallohu va anniy rasululloh», ya’ni: 
«Guvohlik beraman shungakim, Allohdan o‘zga hech bir Yaratguvchi yo‘qdur, yana 
guvohlik berurman, men Allohning barhaq Payg‘ambaridurman». Har kishi shu kalimani 
tilida aytib, dilida ishonib dunyodin o‘tsa, do‘zax o‘tidan omon topqay, dedilar. Yana shu 
kuni askar ichida ichishga suv qolmagan edi. Buni ko‘rib Rasululloh: «Bir tahoratga 
yetgudek suv keltiringlar», deb buyurdilar. Bir kishi idish tagida qolgan bir qoshiqcha 
suv keltirdi. Muborak qo‘llarini shu suvga soldilar. Barmoq oralaridan suv qaynab chiqib 
to‘kilishga boshladi. Bir ming to‘rt yuz kishi shu suvdan ichib, yana tahorat qilishdilar». 
Rasulullohning ko‘rsatgan mo’jizalari tavotur hukmida bo‘lib, uni inkor qilish aqldan 
yiroqdur. Chunki hamma mo’jizalari ko‘pchilik xalq ichida bo‘lmishdur. Bu safarda 
ko‘rilgan mo’jizalarning mashhurrog‘i shuldur. 
Shundin so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha kun yo‘l yurib salomat 
Madinaga keldilar. Madinaga kelgach, bir muddat o‘tgach, Ummu Gulsum degan bir 
xotin Makkadan qochib, Madinaga Xudo yo‘lida hijrat qilib keldi. Bu xotin ersa, Hazrati 
Usmonning ona qarindoshi edi. To‘g‘ri kelib onamiz Ummu Salama uyiga kirdi. Makka ila 
Madina oralig‘i besh yuz chaqirimlik yo‘ldur. Bu yo‘lni butunlay piyoda yurib, ko‘p 
mashaqqatlar tortib kelgan edi. 
Onamiz Ummu Salama bu xotinning din yo‘lida jonfidolik bilan hijrat qilib kelganini 
Rasulullohga bildirdi. Uni ko‘rib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Marhabo, xush 
kelding», deb ko‘nglini ko‘tardilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin