Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
— Hoy yolg‘onchi, bu so‘zing yolg‘ondur. Alarga yordam berish uchun qo‘l tortib yo‘lga 
chiqqan eding, lekin orqangdan eshitilgan so‘z seni yo‘ldan qaytardi. Yo‘q esa sen bizni 
ayab turmas eding. Endi senga Ruqaybani berurman. 
Anda Uyayna: 
— Ruqayba nimadur? — deb so‘radi. 
— Tushingda Ruqayba tog‘ini ko‘rmish eding, endi shuni olursan, — dedilar. 
Bu so‘zning asli ersa shundoq erdi. Uyayna Xaybar yahudlariga yordam uchun to‘rt ming 
askar olib yo‘lga chiqmish edi, yuqorida aytilmish so‘z bahona bo‘lib, yo‘ldan qaytmish 
edilar. Kelgandan so‘ngra o‘z joylarida besh-o‘n kun turib, hech qanday qo‘rqinchlik ish 
borligi sezilmagach, qaytganlariga pushaymon bo‘ldilar. Bu yerda chidab turolmay, 
Uyayna boshliq bir necha raislar har qanday bo‘lsa ham Xaybargacha borib ko‘raylik-chi, 
deyishib yo‘lga chiqishdi. Kechalab yurishib, Xaybar yaqiniga kelib yetishdilar ersa, 
raislari Uyayna tush ko‘rmish edi. U tungi tushida o‘rmon ko‘rgandek o‘rnidan sapchib 
turib: «Bu kecha ajab yaxshi bir tush ko‘ribdurman. Tushimda Ruqayba tog‘ini 
quchog‘imga oldim («Ruqayba» arab tilida «bo‘yincha» demakdir). Muning ta’biri shulki, 
Muhammadning bo‘ynidan tutib, o‘zimga bo‘ysundirurman. Bu ko‘rgan tushim 
barchamizga bashoratdur», dedi. 
Alloh taolo Rasulullohga muni allaqachon bildirmish edi. Bu ko‘rgan shaytoniy tushdan 
yana umid qilib Xaybarga keldi ersa, Rasululloh Xaybarni fath qilibdilar. Muni ko‘rib 
hayronlikda qoldi. Yana qarab turmasdan ochko‘zlik qilib Rasulullohdan o‘lja so‘radi. Ana 
shu chog‘da Payg‘ambarimiz mo‘jiza ko‘rsatib: «O‘sha tushingda ko‘rgan Ruqayba tog‘i 
sengadir, shuni olg‘il», dedilar. Bu mo’jizani ko‘rib tursa dag‘i dili uyg‘onib iymon 
keltirmadi. 
Xaybarni fath qilgan kunlarida xurmolar pishmagan dumbullik vaqti edi. Undan ko‘proq 
yeyishganlikdan askar ichida bezgak kasali ko‘paygani turdi. Muni Rasululloh bilgach, 
buyurdilar, erta namozining azoni bilan takbiri orasida sovuq suvga g‘usl qilg‘aylar. Shu 
bilan barchalari shifo topib, bezgakdin qutulishdi. 
Xaybar urushida sahobalardan o‘n besh kishi shahodat topmish edi. Yahudlardan ersa 
to‘qson uch kishi o‘ldirildi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybarning 
yerlaridan qanchalik hosil chiqdi ersa, shuning teng yarmini xazinaga topshirish sharti 
bilan har qaysi yerni yana o‘z egasiga qaytarib berdilar. 
Hazrati Umar davrlarigacha yahudlar shu shart uzra turishib, Xaybar yerlaridan 
foydalanib keldilar. Bu ne’matga ham qanoat qilmasdan Islomga qarshi ba’zi bir xiyonat 
qilganliklari uchun arab tuprog‘idan haydab chiqarildi. Yo‘q ersa, Hazrati Umar 
davrlarigacha o‘z yer-suvlarida erkinlik bilan yashab turdilar. Keyin bulardan katta bir 
xiyonat sodir bo‘ldi. Shundoqki, Shom muhojirlaridan Mithar ibn Nofe’ degan bir kishi 
bor edi. U odam Shom fath bo‘lgandan keyin, urushda asir olingan nasorolardan o‘n 
kishini birga olib, Madinaga keldi. Muning Xaybarda bog‘lari, yer-suvlari bor edi. Alarni 
ishlatmoq uchun shu joyga keltirdi. Bu yerga kelgach, yerlik yahudlardan biri qullarga 
ig‘vo qilib: 
— Sizlar nasoro, bizlar esa yahudiy erurmiz. Sizlar va bizlarga arablar qilich kuchi bilan 
bo‘ynimizga minib hukmron bo‘ldilar. YOlg‘iz arab sizlardan qul qilib ishlatishga o‘n 
kishini keltirmish, bu nechuk xorlikdur. Endi kundan-kunga mehnatingiz oshgay, hayvon 
o‘rnida ishlayverib, azobga qolg‘aysizlar. Sizlarga mening maslahatim shulki, ishdan 
qaytib, qachon bu qishloqdan tashqari chiqdingiz ersa, uni o‘ldirib o‘z yurtingizga qochib 
ketsangiz, shundagina undan qutulg‘aysiz. Yo‘q ersa o‘lguncha umringiz qullik bilan 
o‘tgay,— dedi. 
Ular ham: 
— Aytqoning to‘g‘ridur. Lekin bu ishga qurolimiz yo‘q, — degan edilar, yashirincha 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin