Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
209
uchun Rasululloh ansor sahobalardan Abdulloh ibn Ravohani tayinlamish edilar.
Bu kishi ersa alardan xazina haqini qoldirmay olishga qattiqroq kirishdi. Yahudlar ishni
yumshatish chorasini qilmoqchi bo‘lishib, u kishiga pora berish ishoratini qildilar.
Abdulloh ibn Ravoha buni payqab qolib, alarga:
— Ey Xudo dushmanlari, menga harom narsa yedirib, meni bulg‘amoqchidursiz, bu
ishning bo‘lishi menim ustimda mumkin emasdur. Eng yaxshi ko‘rgan kishim tomonidan
eng yomon ko‘rgan kishilar ustiga shu xizmat uchun keldim. Xudo haqqi, menim
ko‘zimga sizlar to‘ng‘izdan ham, maymundan ham yomonroq ko‘rinasizlar. Shunday
bo‘laturib, tutgan dinimning sharofatidan sizlarni eng yomon ko‘rishim, Rasulullohni eng
yaxshi ko‘rishim meni adolat yo‘lidan toydira olmaydi, — dedi. Raziyallohu anhu.
Shuning bilan Xaybar ahli boshliq Madina atrofidagi barcha yahudiylar ba’zilari sulh
bilan, ba’zilari urush bilan bo‘ysunganlikdan, musulmonlar ichki dushmanlarining ziyon-
zahmatidan qutilgandek bo‘lib qolishdi.
Dostları ilə paylaş: