Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
javobini berdi. 
Uchinchisida Usmon ibn Talhaga borib shu so‘zni unga ham aytmoqchi bo‘lib edi, yana 
ko‘ngliga keldi. Bu kishining otasi, amakisi, bir tug‘ishgan qarindoshlaridan to‘rt kishi 
Uhud urushida o‘ldirilgan edilar. Chunki bu odam Quraysh ichida Abdariy urug‘idan 
bo‘lib, urush kunlari askar safi oldida tug‘ tutib turmoq bularning xos vazifalari edi. Uhud 
urushi boshlanishi bilan tug‘ ko‘targanlardan olti kishi ketma-ket o‘qqa uchirilmish edilar. 
Alarning barchalari bir urug‘dan edi. 
Bu voqea Xolidning yodiga kelib, so‘z aytishga jur’at qilmadi. Shunday bo‘lsa ham, u 
nima der ekan deb:  
— Ey Usmon, bizning holimiz Muhammad oldida, ovchidan qochib iniga kirgan tulkiga 
o‘xshab qoldi. Agar unga bir mesh suv to‘ksalar, chiqmaslikka choramiz yo‘qdur, — dedi.  
U ham bu so‘zni anglagach, qaraganicha to‘xtab qoldi. Bundan umidlanib Safvon, 
Ikrimaga aytgan so‘zini unga aytib erdi, ul:  
— Rost aytursan, shunday qilaylik, — deb, shu kecha ko‘rishur joylarini va’dalashdilar. 
Tong otib qolganda shul joyda ikkovi topishib, ertalab yo‘lga chiqdilar. Hudda degan 
manzilga kelgan chog‘da qarasalar, Amr ibn Os shu joyda o‘ltiribdur. «Marhabo, xush 
ko‘rdik» deyishganidan keyin Amr ibn Os bu ikkovlarining qayoqqa borishlarini, nima 
niyatda Makkadan chiqqanlari so‘radi, alar esa rostini aytib:  
— Islomga kirish niyati bilan chiqdik,—dedilar. So‘ngra Xolid: 
— Ey Amr, Alloh haqqi, har qancha yashirganimiz bilan haqiqat oshkora bo‘ldi. To‘g‘ri 
yo‘l ochiq ko‘rinib Muhammadning payg‘ambarligida mening hech gumonim qolmadi. 
Shunday bo‘lgach, endi qachongacha yo‘q bahonalarni qilib, haqiqat yo‘lidan chetlab 
yuramiz. Biz uchun yaxshisi shul bo‘lgaykim, Muhammad oldiga borib, iymon keltiraylik, 
— dedi. 
Anda Amr:  
— Men ham shul niyat bilan bu joyga keldim, — deb, uchovlari birgalashdilar. Alarning 
iymon keltirishiga sabab shul edi. 
Hijratning beshinchi yili Quraysh qo‘shini Xandaq urushidan ruhlari tushib qaytdilar. 
Chunki bu urushda askarlarining sonlari to‘rt barobar ortiq ersa-da, o‘zlari uchun 
foydalik hech qanday ish ko‘risholmay qaytgan edilar. Bu ishdan alarning ko‘ngillari 
cho‘kib, ruhlari tushgan edi. Safardan qaytishib Makkaga kelgandan so‘ngra, Amr ibn Os 
Quraysh kattalarining majlislariga kelib: 
— Barchamiz ko‘rib turibmiz, Muhammad ishi kundan-kunga rivoj topib ko‘tarilgali turdi. 
Ko‘zing ko‘rib turgach, bu ishga chidab turish mumkin emas. Shuning uchun men 
Habashistonga hijrat qilmoqni ixtiyor qildim, — dedi. 
Habash podshosi Najoshiy qoshiga borib, zamonga qarab vaqt kutib turgayman. Agar bu 
ishda Muhammad yengib chiqar ekan, uning qo‘l ostida turib yashagandan Najoshiyning 
qo‘l ostida turishimiz yaxshiroqdur. Bizlarga tarafdor qavmimiz agar yengar bo‘lsalar, u 
chog‘da biz qaytib kelsak, yaxshilikdan boshqani alardan ko‘rmagaymiz, — dedi. 
Buning so‘zini barchalari to‘g‘ri dedilar. Andoq bo‘lsa, Najoshiyga yaxshi ko‘rgan 
narsalaridan tortiq yig‘aylik, deyishib qo‘y-echki terisidan ishlangan bir muncha yaxshi 
raxt yig‘ishib berdilar. Shuning bilan Amr ibn Os Habashistonga yetgach, to‘g‘ri borib 
Najoshiy saroyiga tushdi. Xuddi shu chog‘da Amr ibn Umayya Rasululloh tomonidan elchi 
bo‘lib, bu ham borib qolgan edi. Hazrati Ja’far boshliq Najoshiy himoyasida o‘n yildan 
beri turishgan muhojir sahobalarni Madinaga olib qaytmoq uchun Najoshiyga noma yozib 
yubormish edilar. Buni ko‘rib Amir ibn Os o‘z yo‘ldoshlariga: 
— Men Najoshiyga kirib, bu kishini bizga bering, deb so‘rab ko‘rgayman. Agar bizga 
berdi ersa, to‘xtovsiz o‘ldiraylik, chunki u Muhammadning eng yaqin kishilaridandir. Agar 
uni o‘ldirur bo‘lsak, Qurayshni rozi qilgan bo‘lamiz, — deb, shu maqsad bilan to‘g‘ri 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin