Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
— Bani Nazar yahudlarining xazinasini qayga qo‘yding? — deb undan so‘radilar. 
Shunda ul: 
— Xazina ko‘milgan joydan mening xabarim yo‘qdur», — deb bahona topdi. Haqiqatda 
esa bu xazinani yuqorida voqeasi o‘tgan Bani Nazir yahudlari Madina tuprog‘idan 
chiqarilganda Xaybar yahudlariga omonat qo‘yib ketmish edilar. 
Bu esa Islomga dushmanligining qattiqligidan, bular olguncha chirib ketsin deb, 
ko‘milgan yerini ko‘rsatishga rozi bo‘lmadi. 
Anda Rasululloh: 
— O‘zimiz izlab topamiz, unda sen o‘limga rozimisan? — dedilar. 
Ul: 
— Rozidurman, — dedi. 
Rasululloh buyurdilar ersa, gumonlik joylarni qazishib topib olishdi. Xiyonat qilib ahdni 
buzg‘onligi uchun o‘lim jazosiga buyurib, Muhammad ibn Salamaga ijro etishga 
topshirdilar. Ul ham ukasi Muhammad ibn Maslama qasosiga uni o‘ldirdi. 
So‘ngra Xaybarda tushgan o‘lja mollarini yig‘ishga buyurdilar. Sahobalardan Ka’b ibn 
Amr kelib hammasini bir joyga yig‘di. Bular ichida Xaybar raisi Huyay ibn Axtab qizi 
Safiya ham bor edi. Bu qiz esa hazrati Horun alayhissalom naslidan bo‘lib, xasab-
nasablik, husn-jamollik edi. Buni olmoqqa qiziqqan kishi ko‘p edi. Shuning uchun 
ko‘pchilik muni Rasulullohga loyiq ko‘rishib, o‘rtadan chiqazib berishdi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam uni ozod qilgandan keyin: 
— Agar Islom diniga kirar bo‘lsang, seni o‘z nikohimga olurman. Munga yo‘q der ersang, 
seni o‘z yeringga yuborurman, bu ishda o‘zing ixtiyorlik erursan, — dedilar. 
Anda Safiya iymon keltirib, Rasulullohning nikohlariga kirishni ixtiyor qildi. Chunki 
Safiya, mundan ilgari tush ko‘rdi ersa, osmondan oy tushib aning qo‘yniga kirdi. Tushini 
onasiga aytib erdi, yuziga bir shapaloq urib: «Hay, beti qalin, bu yangi chiqmish 
payg‘ambar nikohidan sening umiding bormi?» dedi. Uning deganidek, bu tushning 
ta’biri ham shunga to‘g‘ri keldi. Nikoh kechasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
qarasalar Safiya ko‘zida ko‘kargan bir dog‘ ko‘rinadi. Sababini so‘radilar ersa, ul o‘tgan 
voqeani aytdi. Shu nikoh kechasi sahobalardin Abu Ayyub Ansoriy qilich taqinib 
Rasululloh yotgan chodirni aylanib, tong otguncha kuzatib chiqdi. 
— Nega bunday qilding? — deb Ayyubdan so‘radilar. 
Anda ul: 
— YO Rasulalloh, bu xotin ersa yangidan musulmon bo‘ldi. Muning otasi, eri, qavmi 
qarindoshlari bu urushda o‘ldirildilar. Uyqu ichida sizga bir yomon qasd qilib qo‘ymagay 
deb, ko‘nglim tinchimay kuzatib chiqdim, — dedi. 
Anda Rasulullohga bu so‘zi xush kelib: — Ey bor Xudoyo, Abu Ayyubni ofatlardan 
asragin, shu kecha uxlamasdan u meni saqlamishdur, — deb duo qildilar. 
Rasululloh duolari qabul bo‘lib, umri boricha bu kishi ofatlardin omon bo‘ldi. Eng oxirgi 
umrida Islom mujohidlari bilan jihod uchun Rumga keldi. Rum poytaxti Istambul shahrini 
Islom askari qamal qilib turganlarida, o‘z ajali bilan vafot topib, shu yerga ko‘mildilar 
Raziyallohu anhu. Bu shahar fath bo‘lguncha qabrlari uzun zamon kofirlar ichida qolgan 
bo‘lsa ham, Rasulullohning nafaslari ketganlikdan oyoq osti bo‘lmay, shu kungacha 
saqlanib keldi. Turkiya poytaxti Istambul shahridan chetroq bir joyda mozorlari 
mashhurdir. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga hijrat qilib kelganlarida Abu 
Ayyub Ansoriyning uyiga qo‘ngan edilar. Chunki mingan tuyalari Xudo buyrug‘i bilan shu 
kishining eshigi oldiga kelib to‘xtagan edi. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. 
Xaybar qal’alari fath bo‘lib, dushmanlar zavol topqonlikdan musulmonlar shod bo‘lishib, 
shu joyda uch-to‘rt kun dam oldilar. Shu orada Hazrati Alining akalari Ja’far ibn Abu 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin