Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
boshqa, ul uyda yuzlab, minglab har xil qurollar topilg‘usidir. Shu ertalabki hujumda 
zafar topib, qal’ani olsangizlar, ul uyga sizni o‘zim boshlab kirgayman. Ey Abul Qosim, 
xotinimga ham omonlik so‘rayman. 
Unga ham omonlik berdim, endi esa iymon keltirgil, — dedilar. 
Yahudiy bir necha kun muhlat so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hujum 
kunlari askarga tashviqot qilib, ulardan ajramas edilar. Tug‘ olgan askar boshliqlari 
navbatlashib qilgan hujumlaridan natija ko‘rilmagach, Rasululloh aytdilar: 
— Endi shu ertalabki hujumda Islom tug‘ini shundayin bir kishiga berurmanki, u Allohni 
va aning payg‘ambarini sevadi. Alloh va aning payg‘ambari uni sevadilar. Shuning qo‘li 
bilan bu qal’alar ochiladi. 
Bu so‘zni anglashib sahoba ulug‘larining har birlari: «Koshki edi, shu odam men bo‘lsam 
edim», deb o‘ylashar edilar. Rasululloh hujum tug‘ini topshirur chog‘ida askar boshliqlari 
ko‘krak kerishib: «Menga berarmikan?» deb javdirashib turdilar. Tug‘ talabida Hazrati 
Sa’d ibn Abi Vaqqos qarshilariga kelib tiz cho‘kib o‘ltirdi. «Mundog‘ ulug‘ ne’mat qandoq 
ulug‘ davlatlik kishiga nasib bo‘lmish ekan», deb sahobalarning kattalari kechasi bilan 
o‘ylashib chiqdilar. Shunda, Hazrati Umar: 
— Islomga kirganimdan buyon hech bir vaqt amaldor bo‘lishni talab qilmagan edim. 
Qachon Rasulullohdan Xaybar urushida shu so‘zni angladim ersa, shu kuni askar 
boshlig‘i bo‘lib, tug‘ ko‘tarishni orzu qildim, — deb aytdi. 
Shunga o‘xshash barcha sahobalar ham bu davlatdan umid etdilar. Lekin Alloh taolo o‘zi 
suygan quliga bu ne’matni ato qildi. Shu bilan yettinchi kecha o‘tib, tong otishi bilan 
ulug‘ sahobalar birortamizga bu iltifot bo‘lg‘aymu deb, har qaysilari Rasulullohga to‘g‘ri 
bo‘ldilar. Hech birovlariga gapirmay: «Ali qayda?» deb so‘radilar. Chunki u kunlari 
Hazrati Ali askar ichida yo‘q edi. Ko‘zi qattiq og‘rib qolgani uchun Rasululloh bu safarga 
ruxsat qilmagan edilar. Rasulullohdan ajrab Madinada qolganiga chidayolmay, ko‘z 
og‘rig‘iga qaramay, uch-to‘rt kun keyin askar orqasidan yetib kelmish edi. Lekin kun 
issig‘i, safar mashaqqati bilan ko‘z og‘rig‘i kuchayib, bir chodirda yotar edi, Rasululloh 
uni yo‘qlab qoldilar. 
— Yo Rasulalloh, uning ko‘zi qattiq og‘ribdur. Ko‘z ochmoqqa dag‘i qudrati yo‘qdur, — 
desalar ham, yo‘q, uni kelturing deb, Salama ibn Akva’ni yubordilar. Ul kishi borib 
yetaklaganicha Alini Rasululloh oldilariga keltirdi. Ani ko‘rishlari bilan: 
— Men aytgan kishi shu, men aytgan kishi shu, — dedilar. 
So‘ngra o‘z qo‘llari bilan tug‘ bog‘lab, uni Hazrati Aliga topshirmoqchi bo‘ldilar. Anda 
Hazrati Ali: 
— YO Rasulalloh, bir necha kunlardan beri ko‘zim qattiq og‘riydur. Shuning alamidan o‘z 
oyoq ostlarimni ham yaxshi ko‘rolmay qoldim, — dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Alining boshini tizzalari ustiga qo‘yib, 
muborak tupuriklaridan ko‘zlariga surib edilar, shu onda og‘riq ko‘rmagandek bo‘lib, 
ko‘zlari chirog‘dek ochildi. Hazrati Ali ko‘z og‘riq, tish og‘riq degan narsani umrlarining 
oxirigacha ko‘rmadilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kalimai tayyiba» yozilgan oq tug‘ni Hazrati Aliga 
tutqazib turib: 
— Yo Ali, olg‘a qarab intil, Alloh senga yor bo‘lg‘ay, hech yoqqa boqmagil, bu qal’alar 
qopqasi sening qo‘lingdan ochilgay, — dedilar. 
Rasululloh buyruqlarini anglashi bilan Hazrati Ali o‘ttiz-qirq qadam olg‘a bosib, so‘ngra 
to‘xtadi. Qayrilib qaramasdan, olg‘a qarab turganicha qichqirib: 
— Yo Rasulalloh, nimaga urushurman, kim uchun qon to‘kurman? — dedi. Anda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Olamni yaratguvchi yolg‘iz Alloh deb inongunchalik urushursan. Meni chin 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin