Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
qal’alar ichida qaysi birining yemak-ovqati ko‘proq, o‘lja mollari mo‘lroq bo‘lsa, shuning 
fathini bizga tezroq ato qil», deb duo qildilar. 
So‘ngra ansor sahobalaridan Hubob ibn Munzirga tug‘ topshirib, ikkinchi qal’a hujumiga 
amr etdilar. Hazrati Ali qo‘lida birinchi fath bo‘lmish No’im qal’asidan qochgan yahudlar 
ersa, ikkinchi Sa’b qal’asiga qamalgan edilar. Qal’ani qamal qilishgandan so‘ngra o‘shal 
asrning odaticha urush muboraza bilan boshlandi. Shundoqki, yahudlar tarafidin ularning 
ishongan bahodirlari Yusha’ degan jangchi chiqib, musulmonlarga qarata: «Menga 
talabgor chiqsun», deb o‘rtaga tushdi. Unga Hazrati Xubob chiqib, birinchi 
to‘qnashgandayoq bir zarba bilan uni o‘ldirdi. 
Birinchi g‘alaba Islom nomiga bo‘lganlikdan musulmonlar ko‘ngli ko‘tarilib, yahudlar ersa 
mundan yomon fol ochdilar. 
Shunga qaramay, alardan ikkinchi Dayol ismli bahodir maydonga tushdi. 
Musulmonlardan Ammor ibn Aqaba unga qarshi chiqdi. Bu kishi G‘ifor qabilasidan edi. 
Har ikkovi barobar hamla qilishib, bir-birlariga qilich urdilar. Ammo Islom bahodirining 
qilichi yahud bahodirining boshiga urilmish edi, zahmi miyasiga o‘tib darhol jon berdi. 
Lekin bu kishi arab odaticha qilich urganida: «Ol bu qilichni, men ersam G‘ifor 
qabilasidan chiqqan o‘g‘il erurman», dedi. 
Bu kabi so‘zlarni Islomdan ilgarigi johiliyat arablari o‘zaro qabila urushlarida aytishlari 
ularga odat edi. Mundog‘ so‘zlarni aytishdan Rasululloh musulmonlarni qaytarmish 
edilar. Shuning uchun bu so‘zni eshitgan sahobalar muni og‘ir oldilar. Bu so‘zni 
aytguvchi odam maqtanchoqlik qildi va jihod savobidan ajradi, dedilar. Muni anglab ko‘p 
ma’yus bo‘ldi, so‘ngra bu so‘zni Rasululloh ham eshitdilar ersa, aytdilar: «Andog‘ 
emasdur, u kishining qilgan jihodi hech vaqt bu so‘z bilan zoye bo‘lmaydi. Balki urush 
kunlarida kishi o‘zidan g‘ayrat ko‘rsatib, shundoq so‘zlarni aytishi Xudoga xush keladi». 
Bu qal’ada besh yuz yahud askari bor edi, urush boshlangach, birdaniga qal’adan chiqib, 
bor kuchlari bilan Islom askari ustiga otildilar. Bu hujumlarida askar safini yorib o‘tib 
musulmonlarni bir oz orqaga chekintirgan bo‘lsalar ham, askar tug‘dori Hazrati Xabob bir 
necha bahodirlar bilan o‘z joylarida sabot qilib bularni qaytardi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam askar saflari orqasida otdan tushib o‘ltirgan edilar. 
Muni ko‘rib Rasululloh keyindagi askarlarga buyurdilarkim, dushman ortidan qaytarma 
hujum qilg‘aylar. «Allohu Akbar» sadosi bilan bari Islom askari ikkinchi hujumga o‘tdilar. 
Shuning natijasida yahudlar yengilib qochgali turishdi. Har tomondan o‘ralib 
qolganlikdan qocholmaganlari butunlay qilich ostida qoldilar. O‘limdan qutulib qolganlari 
uchinchi qal’aga qochib kirishdilar. Bu yo‘l bilan olingan qal’a Rasululloh Xudodan 
so‘raganlaridek insonga, hayvonga kerakli har turli oziq-ovqatlar bilan to‘ldirilgan ekan, 
ularning barisi o‘ljaga qoldi. «Bu g‘animat tushgan mollardan olinglar, yenglar, ichinglar, 
lekin olib ketmanglar», deb Rasululloh e’lon qildilar. Xaybar qal’alari ichida oziq-ovqatga 
eng boy qal’a shu edi. Rasululloh qilgan duo barakotidan ko‘p kechikmay ikki kun ichida 
bu qal’a ham fath bo‘ldi. Askarlar bo‘lsa ocharchilikdan qutilishib, ovqatga to‘yib oldilar. 
Shu bilan askar ichidan ochlik ham ko‘tarildi. Bu qal’a ichida yer ostiga solingan yashirin 
uylar bor edi. Bular ichida o‘shal zamonning urush qurollaridan bir qanchasini topdilar. 
Bu qal’adan qochib chiqqanlari ersa, tog‘ boshidagi uchinchi qal’aga yo‘tkalishgan edi. Bu 
qal’a ustida uch kecha-kunduz, qattiq qamal bo‘lib, har ikki tomondin to‘xtovsiz o‘q otilib 
turdi. Shu orada Xudo yordami bilan o‘z ichlaridan bir yahudiy qochib kelib, Rasulullohga 
aytdi; 
— Ey Abul Qosim, bu qal’a ustida bir necha oylar qamal qilib turar bo‘lsang ham fath 
bo‘lmagay. Agar mening mol-jonimga omonlik berur bo‘lsang, uch kunga qolmay fath 
qilish yo‘lini ko‘rsatur edim. 
Anda Rasululloh: 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin