Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
Madinaga keldilar. So‘ngra Hazrati Ali, akalari Ja’far, Payg‘ambarimizning asrandi 
o‘g‘illari Zayd ibn Horisa — bu uchovlari o‘rtasida qiz ustida talash paydo bo‘ldi. 
Da’volashib Payg‘ambarimizning oldilariga keldilar. Hazrati Ali aytdi:  
— Yo Rasulalloh, bu qizga hammadan men haqliman, amakim Hamzaning qizidur, yana 
Makkadan bu qizni men o‘zim keltirdim, — deb aytdi. 
Zayd ibn Horisa turib:  
— Yo Rasulalloh, bu qizga men haqliman, chunki bu mening do‘stim va din qarindoshim 
qizidur. Men aning vasiysi erurman, menga topshiring, o‘zim tarbiyat qilurman, — dedi. 
Anda Ja’far aytdi:  
— Yo Rasulalloh, bu qizga ikkovidan ham men yaqinroq erurman. Hamza ibn 
Abdulmutallib menga ham amaki bo‘lur, buning ustiga, bu qizning xolasi mening 
nikohimdadur — dedi. 
So‘ngra Rasululloh qizni Ja’farga hukm qilib aytdilar:  
— Kishining xolasi o‘z onasidek mehribondur.  
Shuning uchun shariat hukmida o‘g‘il-qiz yetim bolalarni boqishga ota qarindoshlari 
qolib, ona qarindoshlari haqlik bo‘ldi. 
Shu bilan qizning janjali tamom bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati 
Aliga qarab:  
— Ey Ali, sen mendan erursan, men sendan erurman, — dedilar.  
So‘ngra hazrati Ja’farga boqib:  
— O‘zing ham, xulqing ham menga o‘xshaydi, — dedilar. Keyin Zayd ibn Horisaga 
qarab:  
— Sen bizning ukamiz va do‘stimizsan, — dedilar.  
Bundan maqsadlari bularning ko‘ngillarini ovlab, ruhlarini ko‘tarish edi. Rasulullohning 
bunday ulug‘ iltifotli so‘zlarini anglab, bek suyunib ketdilar. Haqiqatda uchovlaridek 
yaqin jonfido kishi yo‘q edi.  
Shu bilan hijratdan yetti yil o‘tib, sakkizinchi yil kirdi.  

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin