Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
218
bo‘lsa, ko‘ringan narsa o‘shal bo‘lgay, — dedi. Xotini
qarasa uy ichida hech narsa
yo‘qolmabdur.
Anda xotinning eri:
— Bu ko‘ringan narsa kishi bo‘lg‘ay, mening ikki o‘q bilan sadog‘imni keltur-chi, — dedi.
Xotin o‘q-yoyini keltirib edi, qorani ko‘zlab nishonga otdi. Otgan o‘qi adashmay to‘g‘ri
kelib, yotgan kishiga bo‘yni aralash tegdi. Lekin bu odam erlik qilib qimirlasam bilib
qolmasun deb, joyidan qo‘zg‘olmadi. So‘ngra ortidan yana bir o‘q uzdi,
bunisi ham
adashmay kelib ikki yelka orasiga qadaldi.
So‘ngra u xotiniga qarab:
— Bu ikki o‘q bilan poylagan joyimni xato qilmay urdim, bu ko‘ringan narsa agar jonlik
bo‘lganda, qimirlagan bo‘lur edi. Men dushman josusimi deb o‘ylagan edim, unday emas
ekan. Ertalab turganingda bu otgan o‘qlarimni keltirib qo‘ygil, it g‘ajilab qo‘ymasin, —
deb chodirga kirib yotdi.
Islom tingchisi tun qorong‘usida yaralarini bog‘lab, askar ustiga keldi. Bo‘lgan
ishni
alarga bildirib edi, barchalari undan rozi bo‘ldilar. Shu bilan dushmanlarni g‘aflatga
bostirib qo‘yib, sahar vaqti yetganda birdaniga ular ustiga hujum qildilar. Qarshilik
ko‘rsatganlari o‘ldirildi, qolganlari esa har yoqqa tarqalib qochishdi. Borlik mol-
hayvonlarini o‘ljaga olib yo‘lga tushdilar. Tarqoq yotgan qabila
xalqi buni anglashgandan
so‘ngra yig‘ilishib orqalaridan quvishib chiqdilar. Ularning soni esa musulmonlardan bir
necha barobar ortiq edi. Ikki askar bir-birlariga yaqinlashib keldilar. O‘rtada bir soy
qolmish edi. Shu payt havo buzildi,
qattiq jala quyib, sel yog‘ib, soy suvga to‘ldi. Shu
bilan sel haybatidan dushmanlar suvni kechib o‘tishga jur’at qilolmadilar. Musulmonlar
o‘lja mollarini haydashganicha sog‘-salomat Madinaga kirib keldilar.
Askar boshlig‘i G‘olib ibn Abdullohni bu safarda qilgan xizmati Rasulullohga ko‘p yoqmish
edi. Urush ishlarida uning ko‘rsatgan ustaligini Rasulullohga maqtadilar. Buni anglagach,
uni
ikki yuz kishiga boshliq qilib, Bani Murra qabilasiga hujum qilishga buyurdilar.
Dostları ilə paylaş: