Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
ko‘rsatganini bildiradi.  
Shu bilan orqaga chekinib, tutgan joylarida tog‘dek turish qilib, shu kunning urushini 
mudofaa bilan o‘tkazdilar. Ikki yoq askari yengilmasdan kech kirgach, har qaysisi o‘z 
o‘rinlariga chekindilar. Shu kecha tun qorong‘uligidan foydalanib hazrati Xolid bir hiyla 
topib, urush aldovini ishlatdi. Shundoqki, butun bayroqlarni o‘zgartirib, askar yasovini 
yo‘tkadi. Barong‘ar (o‘ng) o‘rnini jarong‘ar (chap)ga, orovul (old) o‘rnini chindovulga 
almashtirdi. Ertalabki urushga shu yasov bilan chiqqanlarini dushmanlar ko‘rgach, 
qo‘rqinchga tushib, Madina tomonidan shu kecha madad askari yetib kelmishdur, deb 
o‘yladilar. Shunday bo‘lib bu urush yetti kun davom etdi. Qo‘mondonlik hazrati Xolidga 
o‘tgach, uning buyrug‘icha dushmanga qarshi mudofaada bo‘ldilar. Bu urushda ersa, eng 
hayron qolg‘udek ish shuldirki, shunchalik ko‘p sonli, ko‘p kuchga ega bo‘lgan dushman 
qo‘shiniga urushgan uch ming askardan yetti kun ichida o‘n ikki kishi shahid bo‘lmish 
edi. Kuffor tomonidan ersa o‘ldirilganlarning hisobi yo‘q edi. Shuning uchun bu voqea 
mo’tabar kitoblarda Rasulullohning mo’jizalaridan hisob qilinmishdur. 
Shu urush tugagunchalik hazrati Xolid ibn Valid qo‘lida to‘qqiz dona qilich singanligini 
Imom Buxoriy rivoyat qilur.  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu voqeadan vahiy orqali xabar topmish edilar. 
Buni anglatish uchun sahobalarni yig‘ib, so‘ngra minbarga chiqdilar. Muborak ko‘zlaridan 
yosh to‘kilar edi. «Xayrlik bo‘lsin» deb uch yo‘l aytgandan so‘ngra sahobalarga qarab: 
— Men sizlarga g‘azotga ketgan askarlarimizdan xabar berurman. Ular ersa borishib 
Mu’ta degan joyda dushmanga yo‘liqdilar. Birinchi amir Zayd ibn Horisa shu urushda 
shahodat topdi. So‘ngra tug‘ni Ja’far ibn Abu Tolib tutib dushmanga hujum boshladi. Bu 
ham shahid bo‘ldi. Uchinchi Abdulloh ibn Ravoha tug‘ ushladi. Uni ham shahid qildilar. 
Bular uchun istig‘for aytib duo qilinglar. Endi tug‘ni Xolid ibn Valid oldi. Ey bor Xudoyo, 
bu quling ersa sening qilichlaringdan bir keskin qilichdur, unga yordam bergaysan, — 
deb duo qildilar. 
Shu kundan boshlab bu bahodir yigitga «Sayfulloh», ya’ni «Allohning qilichi» deb laqab 
qo‘yildi. Shuning ustiga askar xabarchisi Ya’lo ibn Munayya degan kishi ham yetib keldi. 
Islom askari urushdan qaytgach, oldindan uni yuborgan edilar. Rasululloh bilan kelib 
ko‘rishganidan keyin, unga aytdilar: — Bu urushda bo‘lgan voqeani sendan burun men 
aytib berayinmi yoki o‘zing ayturmisan?  
Ul ham:  
— Ayting, Yo Rasulalloh, — dedi.  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bo‘lgan voqealarning hammasini boshdan-oyoq 
aytib berdilar. Anda xabarchi: 
— Qasam qilurman, Yo Rasulalloh, biz ko‘rgan ishlardan birini qoldirmay aytdingiz. Aniq 
bulurman, siz Allohning haq payg‘ambarisiz, bu ishni sizga Alloh bildirmishdur. Bo‘lmasa 
bunday g‘ayb ishlarni hech kim bilmagay, — dedi. 
Bu xabarni anglatgandan so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Ja’farning 
xotini Asmo’ binti Amis uyiga kirdilar. Bolalarini ko‘rgach, ularni har birini o‘pib turib, 
muborak ko‘zlaridan yoshlari oqib ketdi.  
Anda Asmo’:  
— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, bu bolalar otasi Ja’fardan va uning yo‘ldoshlaridan 
musibat xabari kelganga o‘xshaydi, — deb o‘z odatlaricha ovoz chiqarib yig‘lagani turdi. 
Qo‘shni xotinlar buning tovushini eshitib uning uyiga yig‘ildilar.  
Anda Rasululloh:  
— Ey Asmo’, johiliyat odaticha yoqangni yirtib, yuzingni tirnama, yig‘i ustida og‘zingdan 
yomon so‘zlar chiqib ketmasun. Xudo rozi bo‘lmagan so‘zlardan, ishlardan tilingni, 
qo‘lingni saqlagil.  


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin