Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
263
edilar. Shu joyga kelganlarida Allohdan vahiy kelib, munofiqlar bu masjidni nima 
maqsad bilan bino qilganlarini Payg‘ambarimizga bildirdi. Bu masjidga kirmaslikka, unda 
namoz o‘qimaslikka buyurdi. Boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun uni buzib, o‘t qo‘yib 
yuborishga Alloh amr qildi. 
Darhol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bahodirlardan ikki kishini chaqirib, ul 
masjidni buzib, o‘t qo‘yib kelmakka buyurdilar. Bu ikkovlari buyruq olishlari bilan 
yugurganlaricha o‘sha joyga borishdi. Birovlari esa qo‘liga yondirilgan o‘t olmish edi. 
To‘g‘ri masjidga kirib bordilar. Qarasalar, munofiqlar masjid ichida o‘ltirmish ekanlar. 
Ularga e’tibor qilmay masjidni bir chetidan buzib, o‘t qo‘ygani turdilar. Buni ko‘rgach, 
masjiddagi munofiqlar ham barisi qochib chiqdilar. U ikki sahoba masjidni buzishib va 
kuydirishib, Rasululloh qoshlariga kelishdi. 
Alloh taolo bu masjidni Qur’onda «Ziror masjidi» ya’ni «Zararlik masjid» deb atamishdir. 
Xudo rizoligi uchun solinmagan masjidlarning hukmi ham shunga yaqindur. Shunga 
o‘xshash Islom shaharlarida masjidlar ko‘payishi, ularning oralari bir-birlariga yaqin 
bo‘lishi qiyomat alomatlaridan hisoblanadi. 
Shuning bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u joydan ko‘chib, yo‘lga chiqdilar. 
Yiroqdan Madinaning qorasi ko‘rinib, Uhud tog‘iga ko‘zlari tushgach: 
— Anavi ko‘ringan Toba shahri, bu ersa Uhud tog‘idur. Bizni tog‘ do‘st tutgay, biz ham 
uni do‘st tutgaymiz, — dedilar. 
Rasulullohning xabarlarini eshitgach, butun Madina xalqi — yoshu qari, xotun-bola 
qolmay Saniyyatul vado’ degan tepa ustiga chiqib, Rasulullohni kutib oldilar. 
Hojilarni, g‘oziylarni qarshi olmoq shu sababdan musulmonlarga sunnat bo‘ldi. Bular 
ichida askarlikdan qochib, Madinada qolgan kishilar ham bor edi. Rasululloh aytdilar: 
— Bularga hech kimarsa gapirmasin, ularning yuzlariga qarab boqmasin. 
Shu so‘z bilan ota bolaga, og‘a iniga qarayolmasdan Madinaga kirdilar. Dastlab masjidga 
kirib, ikki rakat namoz o‘qiganlaridan so‘ngra uylariga bormasdan xalq bilan ko‘rishgali 
masjidda o‘ltirdilar. Shuning uchun ulug‘ safardan kelgan ummatlariga avval masjidga 
tushib ikki rakat namoz o‘qish sunnat bo‘ldi. 
Askarlikdan qochib, bu safardan qolgan kishilar ham kelishib, o‘z ayblarini yopmoq 
uchun qasam bilan uzr aytishdi. Bularning aytgan so‘ziga, keltirgan hujjatlariga qarab, 
yuzaki uzrlarini qabul qildilar. Ammo ichki ishlarini Allohga topshirdilar. Shu orada ansor 
sahobalardan Ka’b ibn Molik kelib, Rasulullohga salom berdi. Bu kishi uzrsiz Madinada 
qolganlardan edi. Avval g‘azablari kelib, so‘ngra: 
— Kelgil, — dedilar. 
Darhol oldilariga kelib o‘ltirdi. Unga qarab: 
— Safarga atab bir tuya sotib olmish eding. Nechuk sen bu safardan qolding? — deb 
so‘radilar. 
Anda Ka’b ibn Molik: 
— Yo Rasulalloh, dunyoda sizdan boshqa odam oldida o‘ltirgan bo‘lsam edi, yolg‘ondan 
bo‘lsa ham uzr aytib qutulgudek so‘z topar edim. Agar yolg‘on uzr aytib sizni 
qanoatlantirsam, Alloh meni g‘azab qilgaymu deb qo‘rqaman. Rostini gapirsam 
achchig‘ingiz kelgay. Endi har qanday bo‘lsa ham to‘g‘risini gapiray. Alloh haqqi, Yo 
Rasulalloh, hech qanday uzrim yo‘q edi. Sizdan qolgan kunlarimda safarga yetarlik 
hamma jabduqlarim bor edi. Shundog‘ bo‘laturib menga nima bo‘ldi, bu muborak 
safardan mahrum bo‘ldim, — dedi. 
Rasululloh: 
— Bu rostini aytadur. Sening haqqingda Alloh nima hukm qilsa, shuni ko‘rursan, — 
dedilar. 
Qolgan ikkovini ham chaqirib ulardan so‘rab edilar, ular ham rostini aytib: «Uzrimiz yo‘q 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin