www.ziyouz.com kutubxonasi
277
uning yo‘ldoshlarini o‘zimga yaqin qildim. Rostlik bilan guvohlik beraman, siz Alloh
yuborgan payg‘ambardursiz, sizga bay’at qildim. Amakingiz o‘g‘li qo‘lida Islom diniga
kirdim, unga ham bay’at qildim».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu nomani o‘qib eshitgach, shu so‘zni yozdilar:
«Habash xalqi sizlarga tegmaguncha ularga tegmanglar, ularni o‘z holiga qo‘yinglar».
Shuning uchun Islom askari futuhot davrlarida ham Habashistonga qadam qo‘ymadilar.
Musulmonlar bilan habash xalqi orasida qonlik urush bo‘lgani tarixda ham ko‘p
ko‘rinmadi. Rasululloh zamonlarida noma yuborib dinga da’vat qilingan podsholardan
nomani o‘qib ko‘rishi bilan darrov iymon keltirgan kishi shu Najoshiy bo‘ldi. Mundan
boshqalariga bu davlat nasib bo‘lmadi. Shuning sababi bilan Habashistonda Islom dini
tarqalib qoldi. Shu kungachalik u yerda Islom dini davom etib kelmoqda.