ERON SHOHI XISRAVGA YUBORILGAN NOMA Eron podshosi Xisravga quyidagi noma yozilmishdir:
«Bismillahir rohmanir rohiym.
Min Muhammadin rasulillohi ila Kisro aziymi Fors. Salomun ala manit-taba’al xuda. Va
amana billahi va rasulihi va shahida anla ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu va
Muhammadan abduhu va rasuluhu, ad’uka bidiayatillahi, Fainniy ana rasulullohi ilan nosi
kaffatan liunzira man kana hayyan va yahiqqul qovlu alal kafiriyna. Aslim taslam, Fain
abayta faalayka ismul majusi ayillazina hum atba’ukum».
Ma’nosi: «Allohning elchisi Muhammaddan Fors ulug‘i Kisroga. Haq yo‘lini qabul qilib,
Allohga va payg‘ambariga iymon keltirgan kishiga salom. Seni Allohning chaqirig‘i Islom
diniga chaqirurman. Butun insonlarga Tangri tomonidan yuborilgan haq
payg‘ambardurman. Allohning azobi kofirlarga bo‘lur. Islom dinini qabul qil, salomat
qolursan. Agar qabul qilmas ersang, butun fors xalqining gunohini ko‘tarursan».
Bu nomani Kisroga (Xisravga) yetkazmoqni Abdulloh ibn Huzayfaga topshirdilar. Bu kishi
podshoning poytaxtiga keltirib, nomani Xisravga topshurdilar. Uni o‘qitib eshitmoqchi