YAMOMA O‘LKASINING AMIRI HAVZA IBN ALIGA YUBORILGAN NOMA «Bismillahir rohmanir rohiym.
Ila Havza ibn Ali, Salamun ala manit-taba’al xuda, Va’lam anna diniy sayazharu ila
muntahol xuffi val xofiri. Faaslim taslam va aj’allaka ma tahta yadayka».
Ma’nosi: «Allohning payg‘ambari Muhammaddan. Ali o‘g‘li Havzaga. Hidoyat topganlarga
salom. Bilgilkim, Islom dini inson qadami yetgan yerlarni o‘z hukmiga olgay. Islom
diniga kirgil, qo‘l ostingdagi narsalarga o‘zingni ega qilg‘ayman, salomat bo‘lursan».
Bu nomani yetkizgil, deb Hazrati Salitga buyurdilar. U kishi ersa Havzaga keltirib
topshirdi. Yamoma o‘lkasi Makkadan o‘n olti kunlik yo‘l edi. Uni o‘qib ko‘rib, uzoq o‘ylab
ketdi. Oldida Shom tarafidan kelgan nasoro ulug‘laridan bir kishi o‘ltirgan edi. Bu ersa
Havzaga:
— Agar bu nomadagi so‘zni qabul qilur ersang ko‘p yaxshi bo‘lg‘ay. Chunki Iso
payg‘ambar bashorat berganki, oxirzamon payg‘ambari arabdan chiqqay. Oti Ahmad,
Allohning elchisidur, deb Injilda yozilmishdur. Agar unga iymon keltirur ersang,
podsholigingni sendan olmag‘ay, — dedi.
Yana hazrati Salit:
— Ey Havza, seni podsho qilib, bu davlatga ega qilgan, kimsalarning suyagi go‘rda
chirimish, o‘zlari esa tamug‘da azob tortmoqdadurlar. Haqiqatda Allohga iymon keltirib,
taqvo yo‘lini tutgan kishilar tuganmas davlat egalaridur. O‘zing o‘ylab ko‘rgil, sening
aqlingdan boshqalar foydalanib, ko‘plari davlat topmishlardur. Agar uning foydasi o‘zinga
tegmas ersa, sen uchun bu qanday armon bo‘lg‘ay? Bu noma ersa seni eng yaxshi