www.ziyouz.com kutubxonasi
350
HAJJATUL VADO' HAJJATUL VADO’ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qirq yoshga to‘lganlarida yer ustidagi barcha
insonlarga va ham jinlarga payg‘ambar bo‘ldilar. O‘n uch yil Makkada turgandan so‘ngra
bu yerdan Madinaga hijrat qilib ketmakka Allohdan amr bo‘ldi. Makkada turgan muddat
ichida kofirlar bilan jihod qilishga Xudodan buyruq bo‘lmagan edi, balki ulardan har
qancha kulfat ko‘rsalar ham sabr qilmoqqa buyurilmish edilar. Rasulullohning o‘zlariga
va sahobalariga kofirlar tomonidan har qancha jabr-jafo yetsa ham unga sabr qilmoqdan
boshqa choralari yo‘q edi. Chunki u chog‘da jihodning vaqti kelmagan, sharoiti to‘lmagan
edi. Ularning qiynoqlari ostida o‘lgan kishilar ham bor edi. Ish shu holga yetganda ham
kofirlarga qarshi qurol qo‘llanib, ular bilan urushmoqqa ruxsat yo‘q edi.
Rasululloh Madinaga hijrat qilib kelishlari bilan ishlar butunlay o‘zgardi. Avvalda ersa
kofirlardan kim urushsa, shungagina qarshi jihod qilmoqqa buyurilgan edi. Keyinroq
jihod sharoiti to‘liqlashgandan keyin butun kofirlarga qarshi jihod qilmoq musulmonlarga
farz bo‘ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari bosh bo‘lib, yigirma yetti marta jihod
safariga chiqdilar. Qolganlariga esa askar yubordilar. Hijratning yettinchi yilida
Arabistonga chegaradosh bo‘lgan barcha podsholarga Islomga da’vat qilib noma
yozdilar. Sakkizinchi yili Makka fath bo‘lgach, Quraysh mushriklari Islom dinini qabul
qildilar va shu yili barcha arab qabilalaridan Rasulullohga elchilar keldi. Bular orqali
Islom dini butun Arabistonga tarqaldi.
Hijratdan o‘n yil o‘tgandan keyin Alloh amri bilan o‘sha yili haj qilmoqchi bo‘ldilar.
Madina atrofidagi musulmonlarni xabarlagach, yuz mingdan ortiq kishi yig‘ildi. Hijratning
o‘ninchi yili zulqa’da oyidan olti kun qolganda, payshanba kuni ertalab yo‘lga chiqdilar.
Islom dinida haj farz bo‘lgandin keyin Rasulullohning birinchi qilgan hajlari shul edi.
Shuning uchun munga «Hajjatul Islom» deb nom qo‘ydilar. Rasululloh shu hajda
ummatlari bilan xayrlashganlari, vidolashganlari uchun buni «Hajjatul vido’» deb ham
atadilar. Shundan so‘ng haj qilmoqqa umrlari yetmadi. Eng oxirgi qilgan hajlari shul
bo‘ldi. Hamma onalarimiz bu safarda birga edilar. Onamiz hazrati Oishaning mingan
tuyalari yuradigan, o‘zi yengil, yuki kamroq bo‘lib, Safiyaning mingan tuyasi yuki ko‘proq
bo‘lib, askarga yetishib yura olmas edi. Shuning uchun Rasululloh hazrati Oishaga kelib
yumshoqlik bilan:
— Ey Oisha, sen mingan tuyaning yengil ham o‘zi yuramoldir. Safiyaning mingani esa
yuki og‘ir, o‘zi qashang ekan. Askarga yetib yura olmay qoldi, unga qarab qo‘shin yurishi
ham sekinlashdi. Shuning uchun yukinglarni almashtirmoqchi bo‘ldik, — dedilar.
Oishaning achchig‘i kelib:
— Siz o‘zingizni Allohning payg‘ambari bilasiz, na uchun adolat qilmaysiz? — dedi.
Hazrati Abu Bakr Siddiq shu yerda bor edi. Bu so‘zga g‘azabi kelib, qizlari Oishaning
yuziga bir tarsaki urdilar. Buni Rasululloh og‘ir olib, uni yomonladilar.
Anda Abu Bakr Siddiq:
— Yo Rasulalloh, buni aytgan so‘zini eshitmadingizmi? — dedilar.
— Eshitdim, lekin kundoshlik ustida gapirgan xotinlar esa, so‘zning o‘y-chuquriga
qaramaydilar, — dedilar Rasululloh.
Bu safarda Rasululloh bilan Abu Bakr Siddiq ikkovlari qo‘shdosh (birga) edilar. Makka
yo‘lida Arj degan joyga karvon kelib yetdi. Ertalab turganda qarasalar, oziq-ovqat
yuklangan tuyalari yo‘q. Bu tuya esa xizmatchi qulning qo‘lida edi.
— Tuyang qani? — deb so‘rasalar: