www.ziyouz.com kutubxonasi
351
— Kechadan beri izlab topolmadim, — dedi.
— Bir tuyani kutolmay, yo‘qotib o‘ltirgan qanday kishisan? — deb Abu Bakr Siddiq qulni
qamchi bilan urdilar ersa, Rasululloh:
— Manovi ehromlik kishining qilayotgan ishini ko‘ringlar? — deb, boshqa gapirmay
kulimsirab qo‘yib, haj safaridagi kishilarga bu xildagi ish durust emasligini bildirdilar.
Sahobalardan ba’zi birlari eshitib darrov taom tayyorlab, Rasululloh oldilariga keltirishdi.
Abu Bakr Siddiq ersalar, tuyalari yo‘qolgani alamiga achchig‘lanib o‘ltirgan edilar:
— Ey Abu Bakr, o‘zingni ko‘p koyitma. Har ish sen bilan biz aytgandek bo‘lavermaydi,
munga sendan ko‘proq bu o‘g‘il xafadur. U yo‘qolgan taom o‘rniga Xudo undan
yaxshirog‘ini yetkizdi, kelgil, — dedilar Rasululloh.
Shu orada Safvon ibn Mu’attal yo‘qolgan tuyani yuklari bilan topgan ekan, yetaklab
kelib, chodir oldiga cho‘ktirdi. Bu odam askar ortida yuradigan chindovul bo‘lib, esdan
chiqqan, qolgan, yo‘qolgan narsalarni yig‘ib yurish uning vazifasi edi.
Anda Rasululloh:
— Ey Abu Bakr, yuklaringni qarab ko‘rgilchi, yo‘qolgan hech narsa bormi? — dedilar.
— Yo Rasulalloh, bari narsamiz tugal ekan, yolg‘iz suv ichib yurgan bir idishimiz yo‘q, —
deganida xizmatchi o‘g‘il:
— U narsa menda, mana, — deb ko‘rsatdi.
Bu yerdan chiqqach, yurib o‘ltirib bir necha kun ichida Makkaga yetib, tushga yaqin
shahar ichiga kirdilar. Rasulullohning dastlabki qilgan ishlari Baytullohni tavof qilish
bo‘ldi. Ka’bani yetti marta aylanib, tavofni tugatgandan keyin Maqomi Ibrohimda ikki
rakat tavof namozini o‘qib, so‘ngra zam-zam qudug‘idan suv ichdilar. Quduqdagi suvga
og‘izlarini chayqab, yana uni qaytarib zam-zam qudug‘iga to‘kdilar. Quduqdan suv tortib
bergan kishi amakilari hazrati Abbos edi.
Anda Rasululloh:
— Zam-zam suvini quduqdan o‘zim tortib olmoqchi edim. Mendan keyin ummatlarim
quduqdan suv tortib ichishni sunnat deyishib talashib yurmasinlar, deb o‘zim tortmadim,
— dedilar.
So‘ngra Safo, Marva tog‘lari orasida yurib, u kunning ibodatini qilib tugatdilar.
Qurbon oyining sakkizinchi kuni «Yavmu tarviya» deyiladi. Shu kuni Makkadan chiqib
Mino tog‘iga borib yotmoq sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulug‘ jamoat
bilan Minoga kelib shunda yotdilar. Bomdod namozini o‘qib juma kuni Arafotga qarab
yurdilar. Ana shu yili «hajji akbar» bo‘ldi. Hojilar juma kuni Arafotda bo‘lsalar, «hajji
akbar»ni topadilar. Arafotda bir azon ikki takbir bilan peshinga asr namozini qo‘shib
o‘qidilar. Bu ikki namozni qo‘shib o‘qish shundan beri ummatlariga sunnat bo‘lib qoldi.
Rasululloh Qasvo degan tuyalariga minib olti yuz ming chamalik hoji yig‘ilgan Arafot
tog‘ida turib xutba o‘qib, uzun bir va’z aytdilar.
Bu joyda aytgan eng so‘ngi va’zlari shu edi. Bu yerdan qaytib uch oy o‘tgandan keyin
olamdan o‘tdilar. Demak, shu hajlarida hozir bo‘lgan va g‘oyib butun ummatlari bilan
xo‘shlashgan edilar.
Endi biz bu o‘rinda Rasulullohning o‘qigan xutbalari va aytgan va’zlarining qisqacha
mazmunini bayon qilamiz.
«Hamdu-sano Allohga bo‘lsin. Uni ulug‘laymiz, unga hamd aytamiz, undan yordam
so‘raymiz va mag‘firat tilaymiz, unga tavba qilamiz, yomon amallarimizdan, o‘z
nafsimizning sharridan Alloh panohiga qochamiz. Alloh yo‘lga solganni adashtirguvchi
yo‘qdir. Olamni yaratgan u yolg‘iz o‘zidur. Uning sherigi yo‘qdur. Guvohlik beramankim,
Muhammad uning quli ham payg‘ambaridir. Ey Xudoning bandalari! Sizlarnng taqvolik
bo‘lib, Xudodan qo‘rqishlaringni tilayman.
Hammangizni Allohning toat-ibodatiga undayman. Sizlarga nima narsa foydalik bo‘lsa,