Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
borishidin Makka mushriklari, Quraysh kofirlarining ko‘ngillariga qo‘rqinchlik tushdi. 
Buning chorasini ko‘rish ularga kerak edi. Bu haqda maslahat o‘tkazish uchun Dorun-
Nadvaga yig‘ildilar. 
«DORUN-NADVA» MASLAHATI 
O‘n ikki urug‘ Quraysh qabilasidin ikki urug‘ qoldirilib, u ham bo‘lsa, Bani Hoshim bilan 
Bani Muttalib edilar, qolmish o‘n urug‘ Quraysh raislari Dorun-Nadvaga majlis 
chaqirdilar. Dorun-Nadva — maslahatxona demakdur. Bu uyni Payg‘ambarimizning 
beshinchi bobolari Qusay degan kishi soldirgan edi. Bu uyda ochilgan majlisga kirgan 
kishilarning yoshi qirqqa to‘lishi va Quraysh urug‘idin bo‘lishi shart edi. Ahamiyatlik ulug‘ 
hodisalarning maslahati urush kunlarida boshliq saylash, tug‘ bog‘lash ishlari shu uyda 
bo‘lur edi. Butun Quraysh qabilasidin maslahat chiqqudek boshliqlari shu majlisga hozir 
bo‘ldilar. Iblis mal’un ham oqsoqol shayx suratida obidlar libosi — oq kiyimlar kiygan 
holda maslahatxona eshigiga kelib turdi. U yot kishi bo‘lganlikdin aning kim ekanini 
so‘radilar. Ul: 
— Najd viloyatidin keldim, mening sizlarga do‘stligim bordur, Muhammad haqida 
ochilmish majlisingiz borligini eshitdim, agar kirishga ruxsat etsangiz, sizlar uchun foyda 
chiqarlik so‘z topsam aytur edim, — dedi. Alar ham rozilik berishib, kirishga ruxsat 
qildilar. Shuning bilan majlis ochilib, so‘z boshlandi. Raislardin birovi turib: 
— Muhammadning bu ishi qandog‘ o‘sib borayotganligi ko‘z oldingizda ko‘rinib turadi. 
Buning ishi kundin-kunga ulg‘aymoqda, tarafdorlari har tomonda ko‘paya boshladi, bir 
kuni ustimizga ularning hujum qilishlari bek ehtimoldir. Qani, bu ishga nima chora ko‘ra 
bilurmiz, maslahat qilinglar, bu to‘g‘rida albatta bir fikrga kelishimiz kerak, — dedi. Anda 
Quraysh raislaridin Abul Baxtariy ibn Hishom degan kishi: 
— Meningcha, buning chorasi shulki, uni ushlab, qo‘l-oyog‘iga kishan solaylik, to 
o‘lguncha uni zindonda tutaylik, — dedi. Anda shayx suratlik shayton dedi: 
— Sening bu fikring to‘g‘ri emasdur, sizlar uchun bu ishdin hech qandog‘ foydalik ish 
chiqmaydur, agar buni hibs qilur bo‘lsangiz, aniq bilingkim, uning tarafdorlari ko‘pdur, 
ustingizga hujum qilib, qo‘lingizdin qutqara olurlar. Bundan boshqaroq maslahat toping, 
— dedi. Tag‘in birisi turib, u Quraysh raislaridin Asvad ibn Rabia degan kishi edi: 
— Bu haqda mening fikrim shulki, uni nafi-bilot qilaylik, ya’ni surgun qilib, boshqa yot 
yerga haydab chiqaraylik, o‘z oramizdin ketgandin keyin na bo‘lsa, u bo‘lsin, — dedi. Bu 
so‘zni onglag‘on hamon shaytonning hushi boshidin uchdi, o‘rnidan tura kelib: 
— Hoy-hoy, bu fikrdin qattiq saqlaninglar, xalq ichiga uni qandoq chiqarib bo‘lur, uning 
so‘zga ustaligi, tilining totliligi ila borgan yeridin, tanishgan elidin o‘ziga yo‘ldosh-
qo‘ldoshlar topa olur. Alardin qo‘l-yasov qilib, boshingizga kelur bo‘lsa, ishlaringizni 
qo‘lingizdin olur, — dedi. Butun majlis xalqi buning so‘zini to‘g‘ri topdilar. Uchinchi bo‘lib 
Abu Jahl: 
— Bu to‘g‘rida maning ko‘nglimga bir fikr kelib turadi, bu o‘tirganlarning ichida hech 
kimning aqliga kelmagan ish deb o‘ylayman, — dedi. Anda har tarafdin: «Ey Abul 
Hakam, ayt, u so‘zingni, tinglaylik» — deb qichqirdilar. Anda Abu Jahl: 
— Quraysh qabilasi ichida hasab-nasablik, ortiq obro‘ylik, keskir qilichlik botir yigitlardin 
har urug‘ boshiga birdan kishi olurmiz. Bu yigitlar qo‘llariga o‘tkir qilich olsinlar, ertalab 
Muhammad uyda yotgan chog‘da bosib kirib, bu yigitlar bir kishi chopgandek barobar 
qilich solib, uni o‘ldursinlar, shundoq qilganimizda, aning qoni butun qabila ustiga 
bo‘linur. Agar Bani Hoshim da’vo qilar bo‘lsalar, ishlari ikki yo‘lliqdur. Birisi — butun 
Quraysh qabilasiga qarshi urush ochgaylar, yoki mol olmoqqa xun uchun rozi bo‘lgaylar. 
Ma’lumdurki, butun qabilaga qarshi turib urishmakka toqatlari yo‘qdur. Nochor xun moli 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin