Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
chiqib, alarni qaytardi. Payg‘ambarimiz Abu Bakr Siddiq bilan shu kuni qorong‘u kechada 
uning uyidin chiqib, Makka atrofidagi tog‘ tomonga qarab yurdilar. Bosgan izlarini 
bildirmasga oyoq uchlari ila yurar edilar. Shu yurganlaricha Savr tog‘i ichidagi g‘or 
og‘ziga keldilar. 
— YO Rasulalloh, bunda ziyonlik, zaharlik jonivorlar bo‘lmasin, siz kirmay turing, men 
g‘orning ichini tozalab chiqay, — deb Abu Bakr Siddiq dastlab g‘orga o‘zlari kirdilar. G‘or 
ichini arig‘dab (tozalab), teshiklariga ridolaridin yirtib tiqdilar. Bir teshikka tiqqudek 
narsa yetmay qoldi. Ul teshikda bir zaharlik ilon yotgan edi. Avval Abu Bakr Siddiq 
g‘orga kirib, so‘ngra Payg‘ambarimiz kirdilar. Kechasi uxlamagan, o‘zlari charchagan 
edilar. Muborak boshlarini Abu Bakr Siddiq tizzalariga qo‘yib, uxlab qoldilar. Hazrat Abu 
Bakr Siddiq ochiq qolgan teshikdin biror narsa chiqib qolmasin, deb tovonlarini shu 
teshikka qoplagan edilar, u yotgan ilon, kishining isini bilib, oyoqlarini chaqib oldi. 
Buning alamiga chiday olmay, ko‘zlaridin yoshlari to‘kilib, ikki-uch tomchisi 
Payg‘ambarimizning yuzlariga tushdi, bundin uyg‘onib ketdilar. 
— Ey Abu Bakr, bu nima ishdur? — deb so‘radilar. Ilon chaqqanligini, uning alamini 
aytg‘onlari so‘ngida muborak tufiklaridin surib qo‘yib edilar, shu onda shifo topdilar. 
Ertalab turib qarasalar, g‘or og‘zida bir tup butog‘lik yog‘och (daraxt) unib chiqmishdur. 
U yog‘ochga bir juft yovvoyi kaptar kelib uyalab, tuxum solmishdur, buning ustiga 
o‘rgimchaklar qalin to‘r tortib, g‘or og‘zini qoplamishlar edi. Bundog‘ hojat vaqtida har 
turli mo’jizalar ko‘rsatib, payg‘ambarlarini quvvatlash Alloh taoloning odatidur. Ammo 
Quraysh kofirlari bo‘lsa, Payg‘ambarimiz haqida qilgan makr-xiyonatlari bo‘shga chiqib, 
alarning qo‘rqinchlari yana ham ko‘paydi. Har tarafga jar chaqirib, kishi choptirdilar. 
Muhammadni o‘ldirib yoki tiriklay tutib keltirguvchilar bo‘lsa, qizil tuklik yuz nortuya 
berishlarini hammaga bildirdilar. Quraysh yigitlaridin bir nechalari mohir izchilar 
ergashtirib, yuqori-quyi Makka atrofiga yoyildilar. Alardin bir qanchasi Savr tog‘i yo‘lidin 
izchilarning ko‘rsatishi bilan iz quvishib, to‘g‘ri g‘or og‘ziga kelishdi. Ba’zilari ilgarilab 
yurib, g‘or og‘zidagi uyalab, tuxum ochgan kaptarlarni ko‘rib, o‘rgimchaklar to‘rlariga 
ko‘zi tushib: «bu yer kishi oyog‘i tekkan joy emas», deb orqaga qaytdi. Bular tovushini 
Payg‘ambarimiz g‘or ichidin eshitib turdilar. Iz quvishib yurgan kofirlardin tag‘in bir 
to‘plari g‘or ustiga kelib to‘xtadilar. Chunki ularning izchilari: «Qochgan kishinglar shu 
g‘orga kirmishdur», degan edi. Anda birovlari g‘orga kirib qarashga buyurdi. Ubay ibn 
Halaf degan kishi raislardin edi. U: 
— Bunga kirishga nima hojat bordur. Muhammad tug‘ilmasdin ilgari, bu o‘rgimchak 
to‘rini tortmishdur, bu g‘orga kishi kirgan bo‘lsa, nechuk aning to‘rlari buzilmasin, kaptar 
tuxumi qanday sinmasun, — dedi. Buning bu so‘zi bahona bo‘lib, g‘or ichiga egilib qarab 
qo‘ymasdin, hammalari qaytdilar. Bu ishlar Xudo qudratiga bir bahona edi. Yo‘q ersa, 
shu qadar qizg‘inlik ila izchilar orqalik izlab kelguvchi shuncha ko‘p kishilardin birortasi 
g‘or og‘ziga kelib, nechukdurki, qarab qo‘ymaydi. Quraysh izchilari: «Yo‘qotmish 
kishilaringiz shu g‘ordin o‘zib ketmabdur», deb qasam ichmish edilar. Ularning bu 
so‘zlarini eshitib turgan Abu Bakr Siddiq qayg‘urib, yig‘ladilar. Anda Rasululloh: 
— Nimaga yig‘laysan? — deb so‘radilar. Abu Bakr Siddiq: 
YO Rasululloh, Alloh oti ila ont ichurman, o‘zim uchun hech vaqt yig‘lamaydurman, 
Alloh saqlasin, sizga bir yomon ish bo‘lishidin qo‘rqib yig‘layman, — dedi. Anda 
Rasululloh: 
— Ey Abu Bakr, biz ikkovlondurmiz, g‘am qilma, uchinchimiz Allohdur. Nechuk g‘am 
qilursan, Alloh biz bilan birgadur, — dedilar. 
Shundoq deyishlari bilan Abu Bakr Siddiq ko‘ngillaridin g‘am ko‘tarilib, o‘zlariga oromlik 
paydo bo‘ldi. So‘ngra mushriklar ham bu yoqdin umid uzib, qaytdilar. Dengiz bo‘yidagi 
qabilalarga ham xabar yuborib, Madina yo‘lini to‘sishga kishi qo‘ygan edilar. «Kim ularni 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin