Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

MADINAGA HIJRAT 
Abdulloh ibn Urayqit degan, yo‘lboshchilikka olingan kishi ham birga keldi. Bularning 
kelishlarini Payg‘ambarimiz intizorlik ila kutmoqda edilar. Tuya tovushi chiqishi hamon, 
g‘ordin chiqib, tog‘ tagiga tushdilar. Payg‘ambarimizning uylarida har kimlarning qo‘ygan 
omonatlari bor edi. Shularni egalariga topshirish uchun Hazrati Alini vakil qildilar. Va uch 
kundin ortiq to‘xtamay, orqalaridin kelmakka buyurdilar. Shu bilan uch tuyaga uch kishi 
mindilar: «Payg‘ambarimiz, Abu Bakr Siddiq va yo‘l boshlovchilari Abdulloh ibn Urayqit 
edi. Omir ibn Fuhayrani Abu Bakr o‘z tuyalariga mingashtirib oldi. Tun o‘rtasi bo‘lganida, 
bu joydin jo‘nab, Xudo izni ila Madina sari yurdilar. Yo‘lboshchilari Abdulloh tog‘ yo‘lini 
tashlab, dengiz bo‘ylab yurishga boshlagan edi. Bu yo‘ldin yurganlarga Yanbu’, Robi’ 
qishloqlaridin o‘tishga to‘g‘ri keldi. Quraysh kofirlari Payg‘ambarimiz bilan Abu Bakr 
Siddiqning tiriklarini yo o‘liklarini kelturgan kishiga ikki yuz tuya atagan edilar. Buni 
eshitgan arab bahodirlari molga qiziqib, har tomondin yo‘l to‘sishga kirishdilar. Shu 
qatorda Bani Mudlij qabilasining bahodirlaridin Suroqa ibn Molik degan kishiga birov: 
«Yiroqdin tuyalik ketayotgan uch kishi qorasini ko‘rdim, Muhammaddin boshqa bo‘lmasa 
kerak, deb o‘ylayman» dedi. Suroqa buni anglashi bilan, shu kishilar Payg‘ambarimiz 
ekanini bildi. Xabarchiga: «Boshqa birovlardur, deb ularni yo‘ldan qoldirdi». O‘zi tezlik ila 
qurollanib, yashirin ravishda yo‘lga tushdi. Boshqalar bilib qolsalar o‘ljadosh bo‘lib 
qolmasin, deb qizg‘anur edi. Yugirik ot ustida chopgandin chopa-chopa yugirib-o‘tirib, 
ko‘p uzoqlamay, qasd qilgan qora ustiga yetayozdi. Ikki ora o‘n chaqirim yovuqlashdi 
(yaqinlashdi). 
Payg‘ambarimiz tuya ustida Qur’on o‘qib ketmoqda edilar. Qur’on o‘qigan tovushlari 
quvg‘uvchiga eshitila boshladi. Payg‘ambarimizning u yon-bu yonga qarash odatlari yo‘q 
edi. O‘ljalik bo‘lish xayolida Suroqa o‘zini o‘nglab, otini tepinib, nayzasini to‘g‘rilab 
ketayotganida, birdaniga oti qoqilib yiqildi, o‘zi ham ot ustidan ag‘darilib, yerga tushdi. 
O‘rnidan tura kelib, arab odaticha, yon xaltasiga solingan «tulga» (ya’ni «fol») o‘qlariga, 
ishim qanday bo‘lur deb, qo‘l solib qarasa, «tulga»si teskari chiqdi. O‘ljaga 
qiziqqanlikdin, bunga qaramay, qaytadin ot ustiga minib, yana ot qo‘ydi. Payg‘ambarimiz 
o‘z odatlaricha orqalariga qaramas edilar. Abu Bakr Siddiq shundog‘ orqaga qarasalar, 
o‘qdek otirilib (ya’ni, tez) kelayotgan otning oyog‘i qoqqan qoziqdek tizzasigacha yerga 
botibdur, u yer bo‘lsa, qat-qat toshlik yer edi. Ot oyog‘ini yerdan sug‘urib olmoqqa 
qudrati yetmadi. Otning tuyog‘i botgan izdin ko‘k tutunga o‘xshash to‘zon ko‘kka 
ko‘tarildi. Yana «tulga» o‘qlari azlonga qo‘l solib qarasa, yana «tulga»si to‘g‘ri chiqmadi. 
Buni ko‘rib, o‘ziga qo‘rqinchlik tushdi. Oti ersa, yerga botganicha titrab turmoqda edi. 
So‘ngra, omon aytib, qichqirdikim: 
— Men Suroqa ibn Molikdurman, endi sizlarga hech ziyonim yetmagay, foyda yetkurmak 
uchun va’da beraman. Yo Muhammad, Allohdin so‘ra, otim oyog‘i bo‘shalsin, — dedi. 
Anda Payg‘ambarimiz: 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin