Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
olmakka rozi bo‘lurlar. Agar bu ish vujudga chiqar bo‘lsa, undin barimiz qutulurmiz, — 
dedi. Bu so‘zni aytishi hamon, hammadin ilgari shayx suratlik shayton — mal’un buni 
ma’qul ko‘rib: «Hoy-hoy, shu kishining so‘zi so‘zdur, bundin ortiq to‘g‘ri fikr hech 
yo‘qdur», dedi. Shuning bilan boshqalari ham qizg‘in ravishda shu qarorni qabul qilishib, 
tarqashdilar. Bu ish shundoq bo‘lishi bilan hazrati Jabroil alayhissalom quyidagi oyatlar 
ila vahiy keltirib, shu voqeani Payg‘ambarimizga xabar qildilar. 
Oyat shudir: «Va iz yamkuru bikallaziyna kafaruv liyusbituvka, va yaqtuluvka, av 
yuxrijuvka», ya’ni, «Kofirlar seni qamab qo‘yishga yoki surgun qilishga yoki seni 
o‘ldirishga qat’iy qasd qildilar», demakdur. 
Jabroil alayhissalom: 
— YO Muhammad, bu kecha kundagi yotgan o‘rningda yotmagin, kofirlar Xudo 
xohlamagan ishni qilgani, ya’ni, shu kecha seni o‘ldirgani kelurlar, — dedi. 
Payg‘ambarimiz bu ishdin ogoh bo‘lganlaridin keyin, tun yarmi bilan ul g‘animlardin yuz 
chog‘lik kishi Payg‘ambarimizning eshik oldilariga kelib to‘plandilar. Ularning ichida 
mashhur raislardin shu kishilar bor edi: Al Hakam ibn Abul Os, Uqba ibn Abu Muait, Nazr 
ibn Horis, Umayya ibn Xalaf, Zam’a ibn Asvad, Payg‘ambarimizning amakilari Abu Lahab 
va Abu Jahl, qolganlari ham o‘z ishlarida e’tiborlik kishilardin edilar. Bular o‘zaro 
kengashib, el chuqur uyquga kirgan chog‘da bu xiyonatni bajarmoqchi bo‘ldilar. Shu 
orada Abu Jahl turib aytdi: 
— Muhammadning aytgan so‘ziga qaranglar, ul bizga shundog‘ deydurkim, agar sizlar 
iymon keltirib, Islom diniga kirar bo‘lsangiz, bu dunyoda davlat topib, arab-ajamlarga 
podshoh bo‘lursiz, yana o‘lgandin so‘ngra qaytadin tirilib, u dunyoda jannatga kirursiz, 
agar bundoq qilmas ekansiz, bu dunyoda xorlik tortib, oxiratda do‘zax o‘tida kuygaysiz. 
Abu Jahlning bu so‘zini uyida o‘tirgan Payg‘ambarimiz eshitib: «Rost, men shundog‘ 
ayturman», deganlaricha alarning ustiga chiqdilar. Yerdin bir changal tuproq olib, YOsin 
surasini «faag‘shaynahum, fahum la yubsirun...» oyatigacha o‘qidilar. Xudo qudrati bilan 
poylab o‘tirgan shuncha kishilardin hech qaysisi Payg‘ambarimizni ko‘ra olmadi. 
Changallaridagi tuproqdin bu o‘tirgan kishilarning har birining boshiga quyib-quyib, o‘tib 
ketdilar. Payg‘ambarimizning bu chiqib ketishlarini tuymadilar (sezmadilar). Bu ersa, 
hisobsiz o‘tgan mo’jizalarning birisi edi. Uylaridin chiqayotganlarida Hazrati Aliga qarab: 
— Ey Ali, men yotgan o‘ringa o‘tib, mening yopinchimni ustingga yopib yotgil, yana 
qo‘rqmagil, dushmanlardin senga hech qandog‘ zahmat yetmagay, — dedilar. Shu 
chiqqanlaricha hech yerda to‘xtamay hazrati Abu Bakr Siddiq bilan shahardan tashqari 
Savr tog‘ida bir g‘or ichiga kirishib yashirindilar. Kofirlar bo‘lsa, Payg‘ambar uydin 
chiqqan chog‘ida, alarni Alloh amri bilan uyqu olgan edi. Payg‘ambarimiz bularning 
oldidin o‘tib ketayotganlarida bir kishiga yo‘liqqan edilar. Payg‘ambarimizning uylari 
oldida o‘tirgan poyloqchilardin: 
— Bu yerda kimni kutib o‘tiribsizlar — deb ul kishi so‘radi. Ular: 
Muhammadni kutib turibmiz — dedilar. 
— Andog‘ bo‘lsa, Alloh sizlarni noumid qo‘yibdur. Muhammad hozir sizlarning ko‘z 
oldingizlarda o‘tib ketdi. Yerdan bir hovuch tuproq olib, bu o‘tirgan kishilarning 
boshlariga quyib o‘tdi, — deb edi, ular shoshilib boshlarini siladilar, boshlaridin tuproq 
quyildi, hayron bo‘lishib, yugurishgan holda kelib eshik yorig‘idin qarasalar, to‘shak 
ustida o‘ralib yotgan bir kishini ko‘rdilar, maqsadimizga yetdik, deb qilich yalang‘ochlab 
uyga kirdilar, qarasalar maqsadlari qo‘ldan ketmish edi. Hazrati Alini ko‘rishib, hasrat 
barmog‘ini tishlaganlaricha hayron bo‘lishib qoldi. Ins-jins shaytonlarining qurg‘on 
tuzoqlari uzilmish edi. Payg‘ambarimiz o‘rinlarida yotgan Hazrati Alidan: 
— Og‘ang Muhammad qayon ketdi? — deb so‘radilar. «Bilmayman», deganida ulardin 
ba’zi birovlari urishga qasd qilgan bo‘lsa ham, «bu bolada nima gunoh?» deguvchilar 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin