Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
Qarasalar bir kishi yayov chopganicha kelayotibdur. Qattiq yugurganidan oyoq ostidagi 
mayda toshlar parillab uchib chiqmoqda edi. 
Rasululloh buni ko‘rib: 
— Bu kishi ersa qattiq bir qo‘rqqudek ishdin qochganga o‘xshaydur, — dedilar. 
Ungachalik bu kishi ham yetib keldi. 
Sahobalar: 
— Hoy, senga nima bo‘ldi? — deb so‘radilar. 
Bo‘lg‘on ishni aytib: 
— Mana ketimdan kelib qoldi, meni ham o‘ldirmoqchi erur, ey Muhammad, senga 
sig‘indim, omon tilarman, — dedi. 
Rasululloh: 
— Qo‘rqma, omon berdim, — dedilar. Xiyol o‘tmay Abu Basir ham kelib, tuyani masjid 
oldig‘a bog‘ladi. Qilich osilg‘an, yaroq taqinganicha Rasulullohga to‘g‘ri kelib: 
— Yo Rasulalloh, Alloh taolo sizning ahdingizni ado qildi. Chunki siz qo‘lingiz bilan meni 
ularga topshirib berdingiz, dinimni, jonimni saqlamoq uchun bu ishni qildim. Kofirlar 
qo‘lidan meni Xudo qutqardi. Nima hukm qilsangiz, bo‘ynim qilchalik, o‘z oldingizga 
keldim, — deb qarab turdi. 
Anda Rasululloh: 
— Madinadan boshqa qaysi joyni tilasang bor, senga ruxsat, — dedilar. 
Mundan so‘ngra Abu Basir o‘ylab turib, Shom yo‘liga chiqdi. Makkadan chiqadirgan 
Quraysh karvonlarining yo‘lini to‘smoqqa boshlab, tog‘ ichidan mustahkam bir joyga 
o‘rnashib oldi. Atrofdagi yashirinib yurganlar bu xabarni anglashib, anga qo‘shuldilar. 
Hudaybiya sulhida kofirlarga qaytarilib berilgan Abu Jandal Makka zindonidan qochib 
chiqdi. Uning atrofiga musulmonlardan yetmishga yaqin kishi to‘plandilar. Madinaga 
kelishdan qo‘rqishib, to‘g‘ri Abu Basir oldiga kelishdi. Turlik arab qabilasidagi 
musulmonlar sekinlik bilan shu joyga yig‘ilishdilar. Bularning sonlari uch yuzga yetdi, 
yo‘l to‘sib Quraysh karvonin o‘tkazmas bo‘ldi. Dushmanlardan qo‘lga tushganlarini ersa 
qo‘ymasdan o‘ldirar edilar. Bu ishdan Makka yo‘li to‘silib, Quraysh xalqi qiyinchilikka 
uchradi. 
Bulardan qutulishga iloj topisholmay, Quraysh raislari Rasulullohga: — «Ey Muhammad, 
bizdin sizlarga kim qochib borur bo‘lsa, ikkinchi uni bizlarga qaytarmanglar. 
Ahdnomadagi shu shartni bekor qildik, unday odamning bizga keragi yo‘qdur. Bundan 
so‘ngra uning uchun biz tomondan hech kim bormaydur. Bizdin qochganlar Madinaga 
bormasdan, karvon yo‘lini to‘sgali va bosmachilik qilgali turdilar. Atrofdin olib turgan 
ovqatlarimiz kelmas bo‘ldi» — degan mazmunda xat yozdilar. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Basir va Abu Jandalni Madinaga 
chaqarib, qolganlari esa qaysi qabiladan kelgan bo‘lsa, qaytsin, bu jamiyat tarqalsin, deb 
buyruq qildilar. 
Rasulullohning xatlari kelgan chog‘da Abu Basir betob holda yotgan edi. Xatni qo‘liga 
olgach, o‘qib turib jon berdi. Raziyallohu anhu. Shu o‘rinda dafn qilib ustiga bir masjid 
bino qildilar.  
So‘ngra Abu Jandal o‘ziga qarashlik kishilar bilan Madinaga keldi. Qolganlari esa o‘z 
joylariga qaytishdi. Shu bilan karvon yo‘li omon topib, Quraysh xalqi ham bu ishga rozi 
bo‘ldilar. 
Bu sulh qilingandan so‘ngra yo‘llar ochildi, o‘rtada aloqa boshlanib, musulmonlar va 
mushriklar aralashdilar. Islom axloqini ko‘zlari ko‘rdi. O‘z ixtiyoricha dinga kiruvchilar 
kundan-kunga ko‘paygani turdi. Islom boshlangandan beri din qabul qiluvchilarning soni 
qanchaga yetgan bo‘lsa, ushbu sulh kunlari ichida unga o‘n barobar ortiq kishi dinga 
kirmish edilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin