Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
208
ularga ikki-uch dona pichoq ham keltirib berdi. Alar ishdan qaytgach, Xaybar 
tashqarisiga chiqib yonroq joyda Mithar ibn Nofe’ga hujum qildilar. Quroli qo‘lida 
bo‘lmagach, yolg‘iz o‘zini mudofaa qilolmadi. Besh-o‘n joyiga pichoq urishib, ani shahid 
qilishdilar. Mundan boshqa Rasululloh zamonlarida ham bir necha martaba bu 
yahudlardan yashirincha xiyonatlar bo‘lgan edi. Mana shu sabablar bo‘lib, Hazrati Umar 
xalifalik davrlarida bari yahudlarni arab tuprog‘idan chiqarmoqqa qaror qildi. 
Barcha Ansor, Muhojir sahobalarning fikrlari ham shul edi. Xaybar yahudlari bu xabarni 
eshitdilar ersa, raislaridan biri Hazrati Umar oldiga kelib: 
— YO amiral mo‘minin, bizlarni Xaybar tuprog‘idan qandoq chiqara olursiz? 
Payg‘ambaringiz Muhammad alayhissalom Xaybar yerining yarmi hosilotini berish sharti 
bilan bu yerni bizga topshirgan edi. Endi siz bu joydan bizlarni chiqarur bo‘lsangiz, 
Payg‘ambaringiz Muhammad yo‘lini buzg‘on bo‘lursiz, — dedi. 
Anda Hazrati Umar: 
— Agar senlarni arab tuprog‘idan chiqarur ersam, Rasululloh amrini bajargan bo‘lurman. 
Sening haqingda aytgan so‘zlari hali menim yodimdan chiqqani yo‘q. U so‘z ersa, sening 
ham yodingda bor bo‘lg‘ay. Rasululloh senga: «Ey faloniy, bir kun kelur, Xaybardan 
chiqarilg‘aysan, yuklik tuyangni yetaklab Shom sahrosida kunlab-tunlab yurgan 
chog‘ingda holing nechuk bo‘lg‘ay?» degan edilar. Mana Rasululloh aytgan o‘shal 
so‘zning vaqti endi keldi, — deb butun yahudlarni Xaybardan haydab chiqarishga 
buyurdi. 
Alardan qolgan mol-dunyolarni bo‘lsa, xolis baholab qiymatini berdilar. Alarning ba’zilari 
Taymoga, qolganlari Shom tuprog‘idagi Ariho degan yerga ketdilar. 
Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yahudlar haqida aytgan edilar: «Arab 
tuprog‘ida ikki din birgalashib turolmaydi». Bundin maqsad, yolg‘iz Islom dini yashaydi, 
demakdir. 
Mana bu hadis mazmunicha arab tuprog‘ida borliq yahud va nasorolarni qolgan 
joylardan ham chiqarmoqqa hukm qildi. U zamondan boshlab arab o‘lkasida Islom 
dinidan o‘zga din qolmadi. Bu Xaybar g‘azotida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 
sahobalar bir necha mo‘jiza ko‘rdilar. Shu urushda sahoba bahodirlaridan Salama ibn 
Akva’ga kattiq zarba yetdi. Uning hayotidan barchalari umid uzdilar. Ul ersa jon achchig‘i 
bilan o‘zini Rasulullohga yetkazdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aning jarohatiga 
uch qayta tupurdilar. Muborak nafaslari tegishi bilan jarohat ko‘rmagandek bo‘lib, u 
sog‘lom bo‘lib ketdi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin