Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


QURAYSH BAHODIRLARIDAN UCH KISHINING IYMON KELTIRISHLARI



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

QURAYSH BAHODIRLARIDAN UCH KISHINING IYMON KELTIRISHLARI 
Yana shu yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar g‘azotidan kelganlaridan keyin 
ko‘p vaqt o‘tmay Quraysh ichida atoqlik uch kishi kelib iymonga musharraf bo‘ldilar. 
Bular Xolid ibn Valid, Amr ibn Os, Usmon ibn Talha edilar. Xolid ibn Valid butun dunYo 
tarixida tanilgan, inson olamida atoqli mohir qo‘mondonlarning eng birinchisi bo‘lib 
hisoblanadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu Islom qahramoni 
haqida baho berib: «Xolid Allohning qilichidur», degan edilar. Islom olamida bunday 
ulug‘ sharafga ega bo‘lgan undan boshqa hech kishi yo‘qdur. 
Alloh bir ishni qilmoqchi bo‘lur ekan, eng avval uning sabablarini tayyorlaydi. Hazrati 
Xolidning iymon keltirishiga sabab bul erdikim, akasi Valid bundan ilgariroqda 
Rasulullohga kelib iymon keltirmish edi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam andin Xolid ibn Validni so‘rab: 
— Unga o‘xshash oqil kishilar Islomning haqligini yaxshi bilgaylar, aqli bor odamlarga bu 
ish yashirin emasdur. Mo’minlar safida turib, Xudo dushmani kofirlar bilan jihod qilmoq 
unday odamning eng ulug‘ vazifasidur. Agar u iymon keltirib, Islomga xizmat qilar ekan, 
boshqalardan uni ilgari tutgaymiz, — dedilar. 
Rasulullohdan bu so‘zni Valid anglagach, ukasi Xolidga xat yozdi. Rasulullohning unga 
qilgan iltifotlarini aytib qanoatlantirgan edi. Xatni o‘qib ko‘rgach, undagi Rasulullohning 
so‘zlaridan ilhomlanib, Islom muhabbati ko‘ngliga tushdi. Chunki Rasululloh Xolid haqida 
bunchalik iltifot qilishlarini gumon qilmagan ham edi. Buning ustiga bir kuni tush ko‘rsa, 
hech bir ko‘kargan narsa yo‘q, tor bir joyda siqilib o‘tirmish edi. U yerdan turib olg‘a 
qarab yurdi ersa, bir kenglik, yashnab turgan shaharga kelib kirdi. Uyg‘onib qarasa tushi 
ekan. Bu yerdan ketsam torchilikdan qutilib kengchilikka chiqar ekanman deb, ko‘rgan 
tushini o‘zi mulohaza qildi. Shu bilan kundan-kunga Islom muhabbati ko‘ngliga tushib, 
bu yerdan hijrat qilib ketmoqchi bo‘ldi. Shu orada bir kuni Quraysh raislaridan Safvon 
ibn Umayya bilan ko‘rishib qolib, anga: 
— Ey Safvon, o‘zing ko‘rib turursan, Muhammadning bu ishi kun sayin rivojlanib arab-
ajam ustiga g‘alaba qozonmoqdadur. Rostini aytganda, aning davlati bizning 
davlatimizdur. Kel endi o‘rtadan adovatni ko‘taraylik. Muhammadga bo‘ysunib Islom 
dinini qabul qilaylik, — dedi. 
Anda ul:  
— Butun dunYo xalqi aning diniga kirishib, yolg‘iz qolur bo‘lsam ham, unga iymon 
keltirmagayman, — deb yuz o‘girib ketdi.  
So‘ngra Ikrima ibn Abu Jahlga uchrab, unga ham shu so‘zni aytgan edi, bu ham Safvon 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin