Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
haddin osha ko‘paygani turdi. Bu judolik hasratidin shu daraja g‘amlari g‘alaba qildikim, 
ulug‘ tog‘lar boshidin o‘zlarini tashlab halok bo‘lish fikri ham ko‘ngillariga kelur edi. 
Ko‘p toqatsiz bo‘lib, ish og‘irlashganda Jabroil alayhissalom ko‘rinib: «Ey Muhammad
sabr qil, albatta, sen Payg‘ambardursen, vaqt yaqindur» deb tasalli berur edi. Necha 
qayta shundoq ishlar Payg‘ambarimizga voqe’ bo‘ldi. Har qachonkim tog‘ cho‘qqisiga 
chiqib, yana shu xayolga kelsalar, darhol Jabroil alayhissalom ko‘rinib, yuqorigi so‘zlar 
bilan yupantirar edi. 
Bu firoq kunlari oxiriga yetib, ikkinchi vahiy kelish davri boshlandi. Bu davrdagi birinchi 
vahiy bilan butun dunyo xalqini Islom diniga da’vat qilishga Xudodin amr keldi. 
Hammadin ilgari, aytishlari bilan Xadicha onamiz darhol iymon keltirdilar. Chunki uzun 
zamondin buyon bu ishdan xabari bo‘lib, bu haqda qilgan farosatlari to‘g‘ri chiqqan edi. 
O‘tgan payg‘ambarlar bashorat bergan Xudo habibi — oxirzamon Payg‘ambari ekanlariga 
gumonlari yo‘q edi. Payg‘ambarimiz rizoliklari uchun butun jonu moli bilan yordam 
berishga va’da berdi. Shu ikkinchi vahiy kelishi «Ya ayyuhal muddassiru» surasi ila 
boshlandi. «Qum, faanzir» («Tur, bajo et») xitobi ila xalqni Islom diniga da’vat qilishga 
Xudo tarafidin buyruldilar. 
Bu sirni dastlabda kimga aytsam bo‘lur, degan fikrga tushdilar. Chunki uzun zamonlardin 
beri xalq din ishlaridin uzoqlashib, alarning oldida din butunlay yot narsa bo‘lib ko‘rinar 
edi. Ikkinchidan, u zamonda arab xalqini johillik, vahshiylik tamom qoplaganlikdan, 
axloqlari eng tubandagi darajada buzulgan edi. Urush-talash, odam o‘ldirish ular uchun 
faxrlanarlik, suygan kasblari edi. Yosh bolalarni boqishdan qochib, faqirlikdan qo‘rqib, 
urush-so‘qishlarda dushman qo‘liga o‘lja tushishdan nomuslanib, ul bechoralarni 
tiriklayincha o‘z qo‘llari bilan ko‘mar edilar. Buning ustiga ota-bobodin qolgan din, buzuq 
rasm-odatlarga qattiq berilgan edilar. Mana shuning uchun Payg‘ambarimiz o‘zlarini 
ularning yolg‘onchi qilishlaridin qo‘rqib, bu to‘g‘rida ko‘p andishaga tushdilar. 
Abu Bakr Siddiq bilan Payg‘ambarimiz oralarida yoshliklaridin beri do‘stlik aloqasi 
uzilmagan edi. Boshqalardin ko‘ra, Payg‘ambarimiz qandoq oliy axloqlik, chin so‘zlik, pok 
dillik ekanliklari ul zot oldida ochiq ma’lum edi. Mana shuning uchun hammadin ilgari bu 
sirni Abu Bakr Siddiqqa aytib, dinga da’vat qildilar. Anda Abu Bakr Siddiq: «Ota-onam 
sizga fido bo‘lsin, sizning yolg‘on aytmasligingizga mening ishonchim komildur, shundoq 
bo‘lsa ham bu haqda sizdan yana birorta mo‘jiza ko‘rsam, ishonchim bundin ham 
ortiqroq bo‘lur edi», dedi. Payg‘ambarimiz anda aytdilar: «Ey Abu Bakr, tijorat uchun 
chiqqan Quraysh karvoniga qo‘shilib Shom safariga chiqqanimizda ikkovimiz bir tuyaga 
mingashgan edik, shul kunlarda havo g‘oyatda isigan vaqti edi. Ana shunda bir parcha 
oq bulut borib kelgunchalik ustimizdin ajralmasdin soya solib turdi. Buni o‘zingiz ham 
ko‘rgan edingiz. Yana qandoq mo‘jiza istaysiz?! deganlarida hazrati Abu Bakr Siddiq 
darhol: «Ashhadu annaka, rasulallohi haqqo» (ya’ni, «Guvohlik beramanki, siz Alloh 
taoloning haq payg‘ambaridursiz»), deb Islom diniga kirdilar. Erkaklardin dastlab iymon 
keltirgan Abu Bakr Siddiq bo‘ldi. U vaqtda Hazrati Ali yosh bola bo‘lib, 
Payg‘ambarimizning xizmatlarida edi. Bir kuni Payg‘ambarimizning o‘qigan namozlarini 
ko‘rib: «bizning xalqimizda yo‘q odat, bu qandoq ish?» deb so‘radi. Anda 
Payg‘ambarimiz: «Alloh taolo butun ins-jinlarga meni Payg‘ambar qildi. Ibrohim 
Xalilullohning tutganlari Islom dinini Alloh tarafidin kelturdim. Butun xalqni ushbu dinga 
da’vat qilishga meni Alloh taolo buyurdi. Bundan boshqa dinlar barchasi botildur», 
deganlarida, Hazrati Ali balog‘atga yetmagan yosh bola bo‘lsa ham, haqiqatga tushunib 
darhol iymon kelturdi. Yana yosh bolalardin Payg‘ambarimizning asrandi o‘g‘illari Zayd 
ibn Horisa iymon kelturgan edi. Bu bolani onamiz hazrati Xadicha qullikka sotib olib, o‘zi 
ziyrak, xizmatga chaqqonligidin Payg‘ambarimizga hadya qilib bergan edilar. Bir muddat 
o‘tgan so‘nggida Zaydning otasi bilan amakisi izlashib kelib, Payg‘ambarimizga 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin