Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
yo‘liqdilar. Alar: «Ey Muhammad, bu bola bizning o‘g‘limizdur, qabila urushlarimizning 
birida g‘alaba qozongan dushmanlar qo‘liga o‘lja tushib ketgan edi, eshitsak, sizlarga 
sotib ketmish ekanlar, biz sizni oliy axloqlik, yumshoq ko‘ngillik, yuqori himmatlik yaxshi 
odam, deb onglaymiz, bergan pulingizni qaytarish sharti bilan bolamizni sizdan so‘rab 
keldik», deyishdi. Anda Pay- g‘ambarimiz: «Bu ish ko‘p yaxshi bo‘lur edi, agar 
xohlasangizlar bolani o‘z ixtiyoriga solsak. Kimni xohlasa, shu bilan qolsa, bunga biz 
ham rozi bo‘lur edik», deganlarida, bu ishga ular ham rozilik bildirdilar. So‘ngra 
Payg‘ambarimiz Zaydni chaqirib: 
— Mana bu kishi o‘z otang, manovisi bo‘lsa, amaking ekan, yiroq yerdin safar 
mashaqqatini tortib, sani izlashib kelibdurlar, endi nima dersan, mening bilan qolish yoki 
bular bilan ketish ixtiyori o‘zingdadur, — dedilar. Shunda Zayd: 
— YO Rasulalloh, hech kimni sizga teng ko‘rmayman, sizdin boshqa bilan dunyoda 
turishni tilamayman, — deb ko‘ziga yosh oldi. 
Otasi buni ko‘rib, ikki o‘rtada qandog‘ mehr-muhabbat bog‘langanini bilib, bolasining 
Payg‘ambarimizdin ajralmasligiga ko‘zi yetdi va ham har to‘g‘rilik bolasidin ko‘ngli 
tinchib, o‘z joylariga qaytdilar. Bu o‘g‘il voyaga yetib, dunyodin o‘tguncha 
Payg‘ambarimiz xizmatlarida bo‘ldi. Sakkizinchi hijriyda voqiy bo‘lg‘on Mo’ta g‘azotida 
uch ming kishilik islom askariga bosh qo‘mondon bo‘ldi. Bu qo‘shinga Payg‘ambarimiz oq 
tug‘ taqdim qilgan edilar. Alar o‘zlariga son jihatdin qirq-ellik barobar dushman askariga 
hujum qildilar, askar boshlig‘i Zayd saf oldida oq tug‘ni tutib hujumga o‘tdi. Tug‘ 
qo‘llarida turgan holda yetmish yeridin yaralanib, shahid bo‘ldi. Alloh undin rozi bo‘lsin, 
bu voqeani o‘z o‘rni kelganda tafsili ila yozarmiz, inshaalloh. Qur’oni karimda butun 
sahobalardin yolg‘iz shu zotning nomlari bordur. 
Shundoq bo‘lib, sekinlik bilan dinga kirish ishlari boshlandi. Hazrati Abu Bakr Quraysh 
qavmi ichida cho‘ng obro‘ga ega edilar. Chunki o‘zlari oliy axloqlik, ochiqqo‘llik, 
shirinso‘zlik, xushmuomala, xush ulfati zot edilar. Xalq o‘rtasida so‘zlari mo’tabar edi. 
Shuning uchun quyida nomlari yozilmish kishilar hazrati Abu Bakr Siddiq tashviqi bilan 
iymonga kirdilar: Birinchisi, Aburahmon ibn Avf; ikkinchisi, Zubayr ibn Avvom; 
uchinchisi Usmon ibn Affon; to‘rtinchisi, Talha ibn Ubaydulloh, va beshinchisi Sa’d ibn 
Abu Vaqqos. Bular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida shahodat aytishib, 
bay’at berdilar. Islom dini asta-sekin xalq ichiga tarqala boshladi. Musulmonlar soni 
o‘tiz-qirqqa yaqinlashdi. Din so‘zlari Makka shahriga yoyildi. Islom avvalida besh namoz 
farz bo‘lmagan bo‘lsa ham, ixtiyoriy namoz o‘qish uchun Jabroil alayhissalom namoz 
vaqtlarini belgilab berdilar. Va ham o‘qish tartiblarini o‘rgatdilar. Sahobalar namoz 
o‘qimoqchi bo‘lsalar uch yilgacha Makka tog‘lari ichida, dolda (xoli) joylarga kirib 
o‘qirdilar. 
Bir kuni hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir necha sahobalar bilan tog‘ ichida yashirincha 
namoz o‘qib turgan chog‘larida Quraysh mushriklaridan bir to‘p kishilar kelib qoldilar. 
Bularning namoz o‘qishlariga qattiq g‘azablanib, inkor qildilar. Har ikki taraf o‘z so‘zlarini 
isbotlash ustida bir qancha tortishuvlar bo‘ldi. Buning bilan mushriklar qanoatlanishmay, 
o‘rtadin urush chiqardilar. Qurolsiz bo‘lgan bu urushda hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos bir 
mushrikni tuya suyagi bilan urganda, uning boshi yorildi. Islom boshlanishida eng avval 
to‘kilgan qon shu edi. Bu voqeadan keyin, panaroq, hazrati Arqam degan sahobaning 
uylariga yig‘ilishib, Payg‘ambarimizdin Qur’on o‘qishar edilar. Payg‘ambarimizning urug‘ 
tuqqanlaridan hazrati Alidan boshqa hech kim dinga kirmagan edi. YOlg‘iz Quraysh 
qabilasi emas, butun arablar ichida ham din so‘zlari tarqala boshladi. Ul zamon 
arablarida vahshiylik sifatlari g‘olib bo‘lib, madaniyatsiz, o‘qish-yozishdan yiroq va ham 
ota-bobolarining botil dinlariga, buzuq rasm-odatlariga qattiq berilgan edilar. Shuning 
uchun Islom diniga, dastlab chiqishida eng qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Borliq kuch-


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin