Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
bo‘lgan Muhammadning dardiga yig‘layman. Akangning o‘g‘li Muhammadni mal’un Abu
Jahl qandoq xorladi, agar ko‘rgan bo‘lsang sen ham yig‘lar eding, — deb yana ko‘ziga
yosh oldi.
Buni eshitgan amir Hamzaning qarindoshlik hamiyati qo‘zg‘olib, qattiq g‘azabi keldi. Shu
onda o‘q-yoyini qo‘lida
tutgancha otiga minib, Abu Jahl majlis qurib o‘tirgan Abu Qubays
tog‘iga chopganicha chiqib bordi. Kelayotgan amir Hamzaga Abu Jahlning yiroqdan ko‘zi
tushdi. YOnida o‘ltirishgan o‘ziga qarashli kishilarga qarab:
— Hamzaning kelishi buzuqroq ko‘rinadi, bundan oldinroq Muhammadga tilim tegib,
urishga qo‘l uzatib, unga ko‘p ozor bergan edim, agar shul to‘g‘rida kelayotgan bo‘lsa, u
har
narsa qilsa, nima desa haqqi bordur. Sizlar bu ishga aralashguvchi bo‘lmanglar,
yana bizga o‘chakishib, Muhammadga iymon keltirib ketmasun, — dedi. Bu orada amir
Hamza ham yetib keldi va Abu Jahlning yoqasidan tutib:
— Ey fosiq, Muhammadning hech kimi yo‘q, egasiz kishi, deb o‘ylagan edingmi? — deb
qo‘lidagi o‘q-yoyi
bilan urib edi, ul mal’unning boshi yorilib ketdi.
Buni ko‘rgan, boyagi o‘ziga qarashli qabila yigitlari Abu Jahl himoyati uchun o‘rinlaridin
sakrashib turdilar. Lekin Abu Jahl buni uzrini aytib, ularni bu ishga aralashgani qo‘ymadi.
Balki hiylagarlik qilib, bir muncha yumshoq so‘zlar bilan amir Hamzani g‘azabidin
tushirdi. So‘ngra amir Hamza Payg‘ambarimizga ko‘ngil aytish uchun kelib, uylaridin
topmadi, qarasa Baytullohda ma’yuslik bilan o‘ltirgan ekanlar.
Ustilariga kelib, hol
so‘raganida Payg‘ambarimiz:
— Meni o‘z holimga qo‘yinglar, urug‘-aymoq, yordamchisi yo‘q, o‘z elida g‘arib bo‘lgan
odamman, — degandek so‘zlarni aytib, muborak ko‘zlariga yosh oldilar.
Buni ko‘rgan amir Hamza Payg‘ambarimizga ko‘p achindi. Abu Jahl bilan bo‘lgan
voqeada uni urib boshini yorganliklarini gapirib bersa ham chiroylari ochilmadi. Anda
amir Hamza: «Ey qarindoshimning o‘g‘li, zodi (axir) nima qilsam, rozi bo‘lursan?
Deganingni qilayin», dedi. Anda «Iymon keltursang rozi bo‘lurman», deb tabassum
qildilar. Shul holda tavfiq— ilohiy yor bo‘lgan ekan, darhol amir Hamza shahodat aytib,
iymonga musharraf bo‘ldi, hazrati Arqam uyidagi xufyona yig‘ilishgan sahobalarga
qo‘shilib, Qur’on o‘rganishga kirishdi. Butun mo‘minlar
amir Hamzaning iymon
keltirganiga ortiqcha xursand bo‘lishib, ul zotni takbir bilan qarshi oldilar. Hazrati
Hamzaning mo‘minlar safiga kirishi din rivojiga zo‘r quvvat bo‘ldi. Chunki amir Hamza
yolg‘iz Quraysh ichida emas, butun arablar orasida bahodirlik atog‘ini ko‘targan
yigitlardin edi, shuning uchun bu zotning iymon keltirishi Islomning rivojlanishiga yo‘l
ochdi.
Dostları ilə paylaş: