Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
Alarning so‘zlari tamom bo‘lishi bilan ularning ustiga Rasululloh keldilar va: 
— Shu hozirda aytgan so‘zlaringizni Alloh menga bildirdi, — deb alarning aytgan 
so‘zlarini o‘zlariga aytib berdilar. 
Buni eshitgach, Horis ibn Hishom, Atob ibn Usayd: 
— Biz endi aniq ishondik, bu kishi payg‘ambar ekandur, yo‘q ersa, Allohdan o‘zga unga 
xabarni kim yetkazdi? Og‘zimizdan chiqishi bilan aytgan so‘zimizni qaytarib berdi, — 
deyishib, har ikkovi ham musulmon bo‘ldi. 
Makka fath bo‘lgan kuni madinalik ansor sahobalar o‘ltirishib, o‘zaro shundoq so‘zlashur 
edilar: 
— Rasululloh endi o‘z el-yurtlariga, qavmu-qarindoshlarining ichiga keldilar. Bu yer esa 
o‘z vatanlari, tug‘ilib o‘sgan joylaridur. Endi shu yerda turishga ko‘ngillari moyil bo‘lib 
qolsa, qanday qilgaymiz? — deb qayg‘urishdilar. 
Rasululloh buni sezib, ularga qarab: 
— Nimalarni so‘zlashayotirsiz? — deb so‘radilar. 
— Hech so‘z aytmadik, Yo Rasulalloh, — deb yashirgan bo‘lsalar ham, yo‘q aytinglar, 
deb qistaganlaridan keyin, u so‘zni aytishga majbur bo‘ldilar. Anda Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: 
— Alloh saqlasin, o‘lsak-tirilsak bir yerda bo‘lurmiz, bir-birimizdan ajrashmoq yo‘qdur, — 
dedilar. 
Bu so‘zni anglashlari bilan madinalik butun sahobalarning yuzlari kulib, ko‘ngillari 
quvondi. Rasulullohdan ajrab qolgaymizmi, degan gumonlari ko‘ngillaridan chiqdi. 
Yana shu kuni Rasululloh Baytullohni tavof qilib yurgan chog‘larida Fuzola ibn Umayr 
degan kishi ham Baytullohni tavof qilmoqchi bo‘lib, Payg‘ambarimiz yonlarida ergashib 
yurdi. Tavof ichida niyati buzilib, Rasulullohni o‘ldirishga qasd qilib, yaqinlashib keldi. 
Rasululloh unga qarab aytdilar: 
— Ey Fuzola, shu hozirda sen nimani o‘ylab turibsan? 
Anda ul aytdi: 
— Hech narsani o‘ylaganim yo‘qdir, Yo Rasulalloh. Allohni yod qilib zikr ayturman. 
Rasululloh buning so‘ziga kuldilar. So‘ngra: 
— Ey Fuzalo, tavba qil, istig‘for aytgil, — deb uning ko‘ksiga muborak qo‘llarini qo‘yib 
edilar, shu onda uning ko‘nglidan barcha buzuq xayollar ko‘tarildi. 
Shu haqda Fuzalo aytur: 
— Menimcha yer yuzida eng yomon ko‘rgan kishim qo‘lini ko‘ksimga qo‘yib edi ani 
ko‘tarmay turib, eng yaxshi ko‘rgan kishim bo‘ldi. 
Yana Abu Sufyon shunday aytadi: «Makka fathi bo‘lgan kunlari tavof qilgali Baytullohga 
kirdim. Mendan keyin Rasululloh ham kirib tavof qildilar. Ko‘zim yuzlariga tushishi bilan 
ko‘nglimga shunday fikr keldi: «Bu kishi nima sabab bilan bizga g‘alaba qildi?» 
Darhol Rasululloh menga qarab oldimga keldilar: 
— Allohning yordami bilan seni g‘alaba qildim, ey Abu Sufyon deb yelkamga qoqib 
qo‘ydilar. 
Anda men: 
«Endi aniq bildim, siz Allohning payg‘ambari ekansiz, yo‘q ersa, ko‘nglimga kelgan bu 
so‘zni Xudo bildirmagan bo‘lsa, qaydan bilursiz? — dedim». 
Rasululloh Makkada turganlarida hazrati Bilol Ka’ba ustiga chiqib besh vaqt namozga 
azon aytar edi. Quraysh yigitlaridan bir nechalari aning aytgan azonini do‘rab (masxara 
qilib), bular ham azon aytar edilar. 
Bir kuni shular ichidan Abu Mahzura degan yigit o‘z odaticha Hazrati Bilolni do‘rab azon 
aytganida Rasululloh eshitib qoldilar. Qarasalar uning ovozi yoqimli ekan, uni chaqirtirib 
kishi yubordilar. U ham bu ishim uchun o‘limga chaqirildim, deb qo‘rqib keldi. Oldilariga 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin