Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
boricha Xolidga qarab yugurdi. Butxona boshchisi: 
— Ey Uzzo, tut dushmaningni, ol ularni, — deb ortidan qichqirur edi. 
Hazrati Xolid bir qilich urib, uni ikki bo‘lib parchalab tashladi. U yerdan kelib, 
Rasulullohga buni aytdi ersa: 
— Uzzo endi o‘ldirilmish. Bu joyda but bo‘lib, o‘ziga topindirishdan uning umidi 
uzilmishdur, — dedilar. 
Uzzo arablarning sayidi sanalgan Quraysh va Bani Kanona qabilasining topinadigan 
atoqlik butlari edi. Arab mushriklari ersa shu butning ilohiy kuchi bor, deb ishonur edilar. 
Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Osni Huzayl qabilasining butxonasini 
buzib kelishga buyurdilar. Bularning ersa Suvo’ nomli butlari bor edi. Amr ibn Os u yerga 
borgandan so‘ngra butxona shayxini ko‘rib, meni Rasululloh bu joyni buzmoqqa 
yubormishdur, dedi. Anda Sodin degan butxona shayxi: 
— Buni buzishga kuching yetmaydi. Agar, Suvo’ning qahri kelur bo‘lsa, barchangiz xalok 
bo‘lgaysiz, — dedi. 
Amr ibn Os: 
— Ey bechora, Ka’baga osilmish uch yuz oltmish butni sindirib oyoq ostiga tashladilar. 
Bu ishdan ziyon ko‘rgan hech kishi yo‘qdur. Haligacha bu buzuq xayol sendan 
chiqmagan ekan, — deb, o‘zi boshlab urib butni sindirgach, boshqalar butxonani buzib, 
bir damda vayron qildilar. Sodin bu ishga hayron qolib: 
— Allohning qudratiga taslim bo‘ldim, — dedi. 
Yana shu kunlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Manot ismlik butni sindirib, 
butxonasini buzmakka Sa’d ibn Zaydni yubordilar. Bu esa Makka tog‘lari ichida Qudayd 
degan joyda yasalgan butxona edi. Madinalik Avs, Xazraj boshliq G‘asson qabilasi va 
boshqa bir necha qabilalarning Islomdan ilgari kelib topinadigan butlari edi. Buni 
buzmoqqa sahobalardan yigirma kishi otliq Sa’dga qo‘shilib kelgan edilar. Hazrati Sa’d 
qilich sug‘urib butxonaga boshlab kirdi ersa, bir qop-qora xotin qip-yalang‘och, sochi 
yoyilgan, yuz-ko‘ziga urib, «dod-voy» solib yig‘laganicha yugurib chiqdi. Butxona shayxi 
esa: 
— Ey Manot, dushmanlaringni ur, ushla! — deb xotin ketidan qichqirur edi. 
Hazrat Sa’d qilich urib, uni parchalab tashladi. 
Shuning bilan Makka atrofidagi butun atoqli butlar sindirilib, butxonalari buzildi. 
Makkaning fath bo‘lgani, arab mushriklari oldida muqaddas hisoblangan butxonalar 
buzilgani ersa, necha ming yillab qabilachilik dahshati ostida eng og‘ir turmush kechirib 
kelayotgan arab xalqining bir baxtlik davlatga ega bo‘lishlarining boshlanishi edi. 
Makkaning fath bo‘lishi, Qurayshning yengilishi butun Arabistonga tarqalgach, arablar 
o‘zlaridagi qarshilik kuchlarining ildizi bo‘shab qolganini sezmish edilar. Chunki arablar 
oldida bu ishning yuzaga chiqishi-chiqmasligi Quraysh xalqining yengish-engilishlariga 
bog‘lanib turgan edi. Shuning uchun Makka olingandan so‘ngra Havozin qabilasidan 
boshqalari bu ishga ko‘p qarshilik qila olmadilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkaga kirishlarida to‘qqiz kishini ko‘rgan yerda 
o‘ldirishga buyurgan edilar. Shularning birovi Quraysh raislaridan Safvon ibn Umayya 
edi. Bu ersa Islom askari Makkaga kirgan kunida jonidan qo‘rqib qochgan edi. Buning 
amakisining o‘g‘li Umayr ibn Vahb degan kishi iymon keltirgandan keyin Rasululloh 
qoshlariga kelib: 
— Yo Rasulalloh, bizning raisimiz Safvon jonidan umid uzib, o‘zini dengizga tashlamoqchi 
bo‘lib ketmishdur. Shuning joniga omonlik berur bo‘lsangiz, halok bo‘lmasdan oldinroq 
yetib borib, uni qaytarib keltirur edim. Undan gunohi og‘ir odamlarga ham omonlik 
berdingiz, Yo Rasulalloh, — dedi. 
Buni anglab darrov boshlaridan sallalarini olib unga berib: 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin