Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
240
Odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib Islom diniga kirgali turdilar. Bu haqda Nasr surasi tushdi: 
— «Iza jaa nasrullohi val-fathu va roaytannasa yadhuluna fi dinillahi afvajan». Ya’ni: Ey 
Muhammad, «har qachon Allohdan fath — nusrat kelur bo‘lsa, ko‘rursankim, odamlar 
to‘p-to‘p bo‘lishib Islom diniga kirgaylar» demakdur. 
Makkaning fath bo‘lgani, Quraysh mushriklarining yengilgani butun Arabistonga tarqalib 
ma’lum bo‘ldi. Shu bilan Islom dinining shon-shavkati ko‘tarildi. Barcha arab qabilalariga 
qo‘rqinch tushdi. Butparastlik davlati yiqilib, Islom davlati rivojga kirdi. Arab qabilalari 
ersa, qaysi biri qo‘rqqanidan, qaysi biri suyganidan dinga kirisha boshladilar. Yolg‘izlanib 
toyifliklar va uning atrofidagi Havozin, Saqif qabilalari tushunmaslikdan, o‘jarlik qilishib, 
Rasulullohga qarshi urushmoqchi bo‘ldilar. Buning xabari anglangach, ular ustiga yurish 
qilib, Islom haybatini ko‘rsatmoq lozim bo‘ldi. Itob ibn Usayd ismli Quraysh raislaridan 
yangi musulmon bo‘lgan bir kishini Makka shahriga voliy qilib qo‘ydilar. Bu esa shu 
kunlarda yigirma besh yoshli o‘spirin yigit edi. Besh vaqt namozga imom bo‘lish 
vazifasini ham unga topshirdilar. Ansor sahobalarning olimlaridan hazrati Mu’oz ibn 
Jabalni xalqqa dinni o‘rgatish, Qur’on o‘qitish uchun Makkada qoldirdilar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin