Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

HUNAYN G‘AZOTI 
Makka shahri fath qilingandan keyin Havozin, Saqif qabilalarining raislariga qo‘rqinch 
tushdi. Barchalari yig‘ilishib bu haqda kengash to‘plandig‘i tuzdilar. Alar: 
— Muhammad ersa o‘z qavmi Quraysh ishidan qo‘li bo‘shandi. Ularning raislari chor-
nochor unga bo‘ysunishdilar. Endi bizning ustimizga kelishdan uni to‘skudek hech narsa 
yo‘qdur. Endigi maslahat shuldurkim, Muhammad bosh-oyog‘ini yig‘ib kuch olgunchalik 
uning ustiga biz bostirib boraylik, — deyishib shunga to‘xtam qilishdilar. 
O‘zlaridan boshqa turlik qabilalardan ularga ko‘p xalq qo‘shildi. Har qabila ustiga o‘z 
raislaridan boshliq sayladilar. Butun yig‘ilgan qo‘shin ustiga Havozin raislaridan Molik ibn 
Avf degan kishi bosh qo‘mondonlikka tayinlandi. So‘ngra u kishi har bir askar xotin-
bolasini, mol-chorvasini o‘zi bilan birga olib kelsin, deb buyruq chiqardi. Bu kelgan 
dushman qabilalari ichida Bani Sa’d qabilasi ham bor edi. Bu ersa Rasulullohning 
tug‘ilgandan keyin to‘rt yoshga yetguncha emizib boqqan enagalari Halima xotunning 
qabilasi edi. Bular ichida Durayd ibn Simma nomli atoqli zo‘r bahodirlardan bir kishi ham 
bor edi. 
Lekin bu kishi ersa qarilik vaqti yetib yoshi yuzdan o‘zg‘on, ko‘z ko‘rar nuridan ajrag‘on 
edi. Shundoq bo‘lsa ham urush ishidagi tajribasidan foydalanmoq uchun uni birga olib 
yurgan edilar. Bu odam askar ichiga kelgandan so‘ngra, bolalar yig‘isini, har xil 
hayvonlarning turlik ravishda tovushini qulog‘i eshitib, buning sababi nimadur, deb askar 
boshlig‘i Molik ibn Avfdan so‘radi. Bu kishi ersa yoshi o‘ttizdan oshab, kamolga yetgan 
kishi edi. Anda ul: 
— Dunyoda turgan har kishi uch narsa — joni, oilasi va moli uchun urush qilgay. Mana 
shularni saqlamoq uchun eng so‘ngi kuchlari bilan urushurlar deb, har askar safining 
orqasiga o‘z xotin-bolalarini, mol-dunyolarini keltirib qo‘ydim. Endi alar hech qachon 
bularni tashlab qocholmagaylar. Xotin-bolalarini qo‘riqlab, dushmanga qarshi 
o‘lgunlaricha urushgaylar,— dedi. 
Buning shu so‘zini anglagach, qari bahodir: 
— Hoy kishi, sen askar qo‘mondoni emas, qo‘y-echkilarning cho‘poni ekansan. 
Dushmandan yengilib qochgan askar oldini hech narsa to‘sa olmagay. Urush ishi o‘lish 
ishidur. Qilich-nayzasini qo‘lidan tushirmay turib, jon bergan askarlargina dushmanni 
yenga oladi. Xotin-bola, mol-dunYo qo‘rqqan kishini yo‘lidan qaytara olmagay. Agar 
dushmanni yengar bo‘lsak, barchamizning tilagimiz shuldur, unda yaxshi ish bo‘lur edi. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin