Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
Agar dushmandan yengilar bo‘lsak, mol-jon ketib, yana xotin-bolalarimizni 
dushmanlarimiz asir, mollarimizni o‘lja qilgaylar. Bu ishdan hech qanday foyda biz uchun 
chiqmaydur. Endi men maslahat berurman, bu fikrdan qaytib, xotin-bolalarni tarqatib, 
o‘z joylariga qaytargaysan, — dedi. 
Yana shunga o‘xshash bir qancha tajribalik ishlarni aytdi ersa, hech birini ham qabul 
qilmay: 
— Sen qarilikdan o‘tib, aljib qolibsan, — deb qo‘pollik bilan unga javob qaytardi. Yo‘q 
ersa buning maslahatidan chiqmaslikka o‘zi va’da bergan edi. 
So‘ngra qari bahodir buning so‘zidan ko‘ngli og‘rib: 
— Ey Havozin xalqi, bu kishi ersa menga bergan va’dasini o‘zi buzdi. Ko‘rsatgan yo‘limga 
yurmadi. Bundan boshqa foyda berarli menda hech ish yo‘qdur. Foyda o‘rniga ziyon 
chiqarmu deb, qo‘rqib qoldim. Ish bunday bo‘lgach, meni o‘z yerimga yetkazinglar, 
qaytgayman,— dedi. 
Anda askar boshlig‘i qilichini qo‘liga oldi va: 
— Ey xalq! Agar menim shu fikrimga yurmas ekansiz, shu qilichimni ko‘ksimdan qo‘yib, 
orqamdan chiqargayman, — deb o‘zini o‘ldirmoqqa qasd qildi. Buni ko‘rgan askar 
boshliqlari: 
— Qanday bo‘lsa ham senga itoat qildik, sening so‘zing bilan yurgaymiz, — deb har 
tomondan qichqirdilar. 
Ulardan va’da olgandan so‘ngra askar tartibini tuza boshladi. Otliq askarlar oldingi safda 
turdilar. Bular keyinidan nayzalik piyodalarni qo‘ydi. Buning ortidan tuya mingan xotin-
bolalar qalin saf bog‘lab turdilar. Qolgan hayvonlar — qo‘y, echki, sigirlarni bir-birlariga 
bog‘lab, qochganlar o‘tolmagudek qilib zich bog‘lab eng orqaga turg‘uzdi. 
Bu xabar Rasulullohga borib yetgach, so‘z kelturmak uchun tingchi qilib ikki kishini 
yubordilar. Bular borib ularning urush o‘rnini bilib, xotin-bola, mol-chorvalari bilan 
ko‘chib kelgan xabarini keltirdilar. 
Rasululloh bu so‘zni anglagach, kulimsirab: 
— Ertaga, inshaalloh, bu narsalar barchasi musulmonlarga o‘lja bo‘lg‘ay, — dedilar. 
Dushman ustiga yurishdan ilgari askarga ko‘rik o‘tkazish lozim edi. Ko‘rik qilgandan 
so‘ngra qarasalar, qurol-yarog‘ yetarlik chiqmadi. Anda Quraysh raislaridan Safvon ibn 
Umayyada urush asboblari borligini anglab, Rasululloh undan so‘radilar. U chog‘da bu 
kishi iymon keltirmagan edi. 
Anda ul: 
— Ey Muhammad, zo‘rlik bilan bo‘lmay, omonat tariqasida olur bo‘lsang, yo‘qolsa 
to‘lanur bo‘lsa, bor qurolimni bergayman, — deb yuz kishilik qurol keltirdi. 
Rasululloh: 
— Bu yarog‘lar esa bizda omonat bo‘lg‘ay, hojat o‘talgandan so‘ngra o‘zingga 
qaytargaymiz, — dedilar. 
Yana o‘zlarining yaqin qarindoshlari Horis o‘g‘li Navfaldan uch ming kishilik nayzani 
urush o‘tgandan keyin o‘ziga qaytarish sharti bilan omonat oldilar. Shuning bilan urush 
asboblari tugallangan bo‘lib, yurishga buyurdilar. Qarasalar, askar soni o‘n ikki ming 
bo‘lmishdur. Bulardan o‘n ming askar madinalik ersa, ikki ming askar Makkadan 
qo‘shilmish edilar. Yana bulardan boshqa otliq, yayov, qari-qartang, xotin-xalajlar ham 
ko‘p edi. O‘lja olish umidi bilan chiqqan kishilar ham oz emas edi. 
Safvon ibn Umayya, Suhayl ibn Amr va shunga o‘xshash iymon keltirmagan Quraysh 
raislariga qo‘shilib, mushriklardan ham sakson kishi chiqdilar. Bularning maqsadlari ersa, 
o‘lja yoki payt topsalar o‘ch olmoq edi. Shuning bilan yurib-o‘ltirib, dushman yeriga 
yaqin kelganda, askarga saf bog‘latib, ularga tug‘, bayroq topshirdilar. Muhojir 
sahobalarga: Hazrati Umar, Hazrati Ali, Hazrati Sa’d ibn Abi Vaqqosga uch tug‘ berildi. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin