Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
301
Anda biz aytdik:
— Yo Rasulalloh, sizga bay’at bermasdan ilgari mundog‘ ishlar joiz bo‘lmagay, deb
o‘yladik.
Rasululloh aytdilar:
— Qaysi
joyda iymon keltirur ersangiz, to‘liq musulmon bo‘lursiz. Butun Islom hukmi
sizga lozim bo‘lg‘ay.
So‘ngra barchamiz qo‘llarini tutib, bay’at topshirdik va qaytib o‘z o‘rnimizga keldik.
Ichimizda eng kichik yosh bir kishimizni qo‘shxonamizga qo‘yib ketgan edik, xiyol o‘tmay
ortimizdan
odam yuborib, Rasululloh bizni qaytarib keltirdilar. Bu yosh kishimiz ilgarilab
kelib, Rasulullohga bay’at berdi. Biz ani taqdim qilib:
— Yo Rasulalloh, bu kishi ichimizdagi eng kichigimiz va xizmatchimizdur, — dedik.
Anda Rasululloh:
— Sayyidilqavmi xodimuhum, ya’ni
bir qavmning raisi, u qavmning xizmatchisi bo‘lur.
Alloh unga barakot bersin, — deb duo qildilar.
Shu onda duolari qabul bo‘lib, barimizdan Qur’onni yaxshi o‘qidi. Unga kun sayin qilgan
ishlari barakotlik bo‘ldi. Muni ko‘rib, Rasululloh uni namozda bizga imom qildilar. Yosh
bo‘lsa ham aqli va axloqi ortiq bo‘lganlikdan qabilamiz ustiga uni amir qo‘ydilar. So‘ngra
har qaysilarimiz bir necha
uqiya kumushdan hadyalar olib, o‘z yurtimizga qaytdik.
Dostları ilə paylaş: