www.ziyouz.com kutubxonasi
300
dedilar.
Anda Rasululloh:
— Andog‘ bo‘lsa umid shuldurki, u kishining ajali yetdi ersa, xotirjamlik bilan ko‘ngli
bo‘linmasdan dunyodan ketgay, — dedilar.
Bir kishi turib:
— Yo Rasulalloh, ko‘ngli bo‘linib o‘lgan kishi qandog‘ bo‘lur? — dedi.
Rasululloh aytdilar:
— Inson ko‘ngli dunYo ishlariga bog‘lanib, oxirat ishlaridan parvosiz bo‘lsa, g‘aflat bosib,
o‘lim yodiga kelmagay. Mundog‘ odamlar ko‘nglida Alloh muhabbati ham bo‘lmag‘ay.
Agar shundog‘ odamga ajal yetar ekan, dunyosining qaysi bir chuquriga yiqilib o‘lsa
Alloh ham, unga parvo qilmagay, — dedilar.
Rasulullohning bu so‘zlari ersa, butun inson olami ichra ibratli so‘zdir.
Rasululloh vafot topgandan keyin iymon, ko‘ngillariga yaxshi o‘rnashmagan arab
qabilalaridan bir nechalari dindan qaytib murtad bo‘ldilar.
Ana shu chog‘da Islom dini haqida so‘zga chiqib, Xudo va Rasulullohni yod qilib, o‘z
qavmiga shu o‘g‘il o‘tkir bir va’z qildikim, shuning ta’siri bo‘lib, ulardin hech kim dindan
qaytmadi. Raziyallohu anhu.