Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
298
Anda ular:
— Yo Rasululloh, birlik ittifoqimizni hech vaqt buzmadik, birovga zulm qilib, o‘zimiz
urush boshlamadik. Mazlumlik holda majburlik bilan
urushga kirishdik, xorlik bilan
yashamoqdan o‘limni ortiq ko‘rib, undan qochmadik, shuning uchun Alloh bizga yordam
berdi, — deganlarida, Rasululloh bu so‘zni tasdiq qildilar.
So‘ngra Qays ibn Husaynni butun qabila ustiga amir qo‘yib, qaytmoqqa ruxsat berdilar.
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o‘ltirib edilar, ularga qarab:
— Eng so‘nggi ummatlarim
boshlariga bir zamon kelurkim, och qolgan bir to‘p kishilar
o‘rtasiga qo‘yilgan bir tovoq oshni qanday talashib yesalar, menim ummatlarimni ham
boshqalar shunday qilib yeydi, — dedilar.
Buni eshitgan sahobalardan birovi turib:
— Yo Rasulalloh, u kundagi ummatlaringiz
ozlikdan boshqalardan yengilib, shundoq
kunlarga qolg‘aylarmu? — deb so‘radilar.
Anda Rasululloh:
— Yo‘q, o‘sha kunda ham ummatlarimning sonlari ko‘p, lekin sifatlari yo‘qdur.
Shundoqkim, alarda Islomiyatga to‘g‘ri kelmaydigan ikki yomon ish paydo bo‘lur. Birisi,
xirsi dunYo bo‘lib, baxil bo‘lgaylar. Ikkinchisi, o‘limdan qo‘rqqaylar. Qachonkim o‘limdan
qo‘rqib, jihoddan qochar ekanlar, ummatlarim xorlikka qolgay. Bu ummatning avvali
nima bilan rivoj topgan bo‘lsa, eng oxiri ham shu bilan rivoj olg‘ay, — dedilar.
Aqli yorug‘, fikri ochiq kishilarga shu so‘zlarning o‘ziyoq yetarlidur.
Sollallohu alayhi
vasallam.
Dostları ilə paylaş: