Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


KINDA QABILASINING ELCHILARI



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

KINDA QABILASINING ELCHILARI 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
295
Kinda qabila boshchilaridan sakson kishi saylanib elchilikka keldilar. Bularning raislari 
ersa Ash’as ibn Qays degan kishi edi. YOshi kichik bo‘lsa ham aqli, axloqi bo‘lganlikdan 
mundog‘ oliy riyosatga ega bo‘ldi. Rasululloh huzurlariga kirish oldida o‘zlariga ziynat 
berishib, soch-soqollarini taradilar. Ipaklik kiyimlar kiyishib, so‘ngra Rasululloh 
huzurlariga kirishdilar. 
Islomdan ilgarigi arablar odatlaricha Rasulullohga ko‘zlari tushishi bilan «Abaytalla’n» 
deb salom berishdi. Johiliyat zamonidagi arablar podsholari oldiga kirishganda shunday 
salom berishur edi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Men podsho emas, Abdulloh o‘g‘li Muhammad Abul Qosim erurman, — dedilar. 
So‘ngra ular: 
— Ey Abul Qosim, biz seni sinamoq uchun ko‘nglimizda bir narsa yashirib keldik. Agar 
sen payg‘ambar bo‘lsang, shu yashirgan narsamiz nimadur, topgil, — dedilar. 
Bu yashirganlari ersa, saryoqqa ko‘mgan chigirtka ko‘zi erdi. Arablar g‘aybdan 
gapiruvchi kohinlarini shunday qilib sinar edilar. 
Anda Rasululloh: 
— Subhonalloh, munday ishlar kohinlarga qilinur edi. Kohinlar, folchilarga 
ishonuvchilarga Alloh taolo do‘zaxda azob bergay, — dedilar. 
Anda ular aytdi: 
— Andog‘ ersa sizning payg‘ambarligingizni qaydan bilurmiz? 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yerdan bir changal mayda tosh olib: 
— Mana bular menim payg‘ambarligimga guvohlik berurlar, — deyishlari bilan mayda 
toshlar tilga kirib, tasbeh aytgali turishdi. «Subhonalloh» sadosini ko‘targan toshlar 
tovushini elchilar eshitgach, barchalari shahodat aytishib iymon keltirdilar. 
Alar: 
— Endi aniq bildik, siz Allohning haq Payg‘ambari ekansiz, — dedilar ersa, Rasululloh 
aytdilar: 
— Meni Alloh taolo butun dunYo xalqiga elchi qilib yubordi, O‘zini tanitgali, Islom dinini 
yer ustiga tarqatgali keldim. Yana Alloh taolo Qur’on otliq menga bir kitob yubordi, uni 
olam ahliga o‘rgatgali meni yubordi. Bu kitobning oldi-orqasi, osti-usti butunlay haqliq 
bilan o‘ralmishdur, — dedilar. 
So‘ngra ular Rasulullohdan Qur’on so‘zini anglagach, besh-o‘n oyat undan o‘qib 
berishlarini so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Vas-saffoti surasini boshlab 
tilovat qildilar. «Varabbul-mashoriq» oyatiga kelganlarida to‘xtab qoldilar, muborak 
ko‘zlaridan yosh oqqali turdi, soqollari xo‘l bo‘ldi. Muni ko‘rishib ular: 
— Yo Rasululloh, sizni yubormish Rabbingizning qo‘rqinchisidan yig‘laydursizmi? — 
dedilar. 
Anda Rasululloh: 
— Ha, shundoqdur. Bir to‘g‘ri yo‘l uzra turg‘izib, xalqqa meni payg‘ambar qildi. Qilich 
damida tururman, qilchalik bu yo‘ldan chetga chekinsam, halok bo‘lurman, — dedilar. 
So‘ngra bularning raislari Ash’as ibn Qaysdan: 
— Necha o‘g‘ling bor? — deb so‘radilar. 
— Yo Rasulalloh, shu safar yo‘lga chiqayotganimda yangidan bir o‘g‘il tug‘ildi. Yetti 
o‘g‘lim bo‘lsa edi, koshki, — dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
— «Innahum lamujbinatun mubqilatun muhzinatun va innahum qurratul-ayni va 
samaratul fuodi», ya’ni «Bolalar botir otalarni qo‘rqoq qilurlar. Saxiy otalarni baxil 
qilurlar. Quvonchlik otalarni qayg‘ulik qilurlar. Shundog‘ bo‘lsalar ham ko‘zlar quvonchisi, 
ko‘ngillar mevasi erurlar».  


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin