ADIY IBN HOTAM (HOTIM) QISSASI Adiy ibn Hotam butun dunyoga nomi chiqqan mashhur Hotam Toyning o‘g‘lidur. Hotam
Toy o‘zi Rasululloh zamonlarida tirik bo‘lgan bo‘lsa ham Payg‘ambarlik davriga
yetmasdan vafot topdi. O‘zidan keyin uning o‘g‘li Adiyni otasi o‘rniga qabila raisi qildilar.
Arablar ichida atog‘lik katta raislardan sanalur edi. Toy qabilasi butparastlardan bo‘lsa
ham, Adiy oilasi bilan nasoro diniga kirmish edi. Boshqa qabilalar kabi Madinaga elchi
yuborib, Rasululloh bilan ko‘rishmakni ham tilamadi. Balki Rasulullohga qarshi ko‘nglida
qattiq adovat saqladi. Lekin u kunlarda butun arablar Yo o‘zlari, Yo elchi orqalik iymon
keltirib itoatga kelganliklarini ko‘rar edi.
So‘nggi kunlarda o‘z oldiga mundoq yashab turolmasligi bildi. Islom haybatiga qarshi
turolmasligini tushundi. Bir kun bo‘lmasa, bir kuni Islom askari kelib bosib qolmasin deb
o‘ziga eng yaqin ishonchlik kishisini chaqirib atrofiga yuguruk ot, yelmayon tuyalardan
safarga yaragudek birmunchasini tayyorlab qo‘yishini buyurdi. Yo‘l-yo‘lga qorovullar
qo‘yib, soqlik bilan kutishib turdilar. Shu orada Hazrati Ali boshliq bir bo‘luk Islom askari
kelayotgan xabari unga anglandi. Har joyga qo‘ygan qorovullaridan birisi:
— Ey Adiy, Muhammad askarining qorovullari yerimizga yetib keldi, — dedi.
Darhol hozirlangan ot-tuyalarni keltirib, Shom tarafiga qarab qochdilar. Qocholmay
qolganlari ersa askar bosqiniga qolib, asir olindilar. Bular ichida Hotam Toyning bir qizi
ham asir tushgan edi. Asirlar Madinaga keltirilgandan so‘ngra u qizning ko‘zi
Rasulullohga tushdi. Qilg‘on ishlarini ko‘rib, otasi Hotamni eslab:
— Yo Rasulalloh, men ersam saxovatda olamga nomi chiqqan Hotam Toyning qizi