RASULULLOHNING TAN TUZILISHLARI Alloh taolo Arshdan tortib Farshgacha barcha yaratgan narsalarni inson uchun
yaratmishdur. Inson ichidagi eng ulug‘lari ulardan chiqqan payg‘ambarlardur.
Qaysi zamon, qaysi davrda bir payg‘ambar yubormoqchi bo‘lsa, uni eng yaxshi odamdan
yuborish Allohning odatidur. Har zamonda payg‘ambar bo‘lgan kishi o‘shal zamonning
eng olimi, eng aqlli, donosi bo‘lishi ustiga har bir yaxshilik sifatga, eng oliy axloqqa ega
bo‘lishi shartdur. Lekin bu fazilatlar ularning hammalarida barobar emasdur.
Har bir yaxshi axloq sifatlarda barcha payg‘ambarlarning ortiqrog‘i bizning
Payg‘ambarimiz hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar. Axloq va
fazilat osmonida Rasululloh go‘yoki quyosh bo‘lsalar, qolgan payg‘ambarlar quyosh
atrofidagi yulduzlar kabidur. Payg‘ambarimizning sifatlarini Xudodan o‘zga hech kim
hamma tomonlarini aytib tugata olmaydi. Oy nurni Quyoshdan olgandek, barcha
payg‘ambarlar ham o‘z nurlarini Rasulullohdan olgandurlar. Qisqasi shulki, barcha
yaratilmish narsalarning sarasi insondur. Insonning eng ortig‘i payg‘ambarlardur.