Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
Muljam degan kishi ham shulardan edi. 
Rasulullohdan: 
— Ey Ali, ilgarigi ummatlardan chiqqan eng yomon odam Solih payg‘ambarning tuyasini 
o‘ldirgan kishidur. Keyingilardan chiqqan eng yomon odam, seni o‘ldirgan Ibn 
Muljamdur, — degan so‘z rivoyat qilinmishdur. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu 
urushdan o‘lja tushgan mollarni Qur’on qonunicha butun askarga taqsim qildilar. 
Yuqorida yozilganicha, Quraysh raislariga, bulardan boshqa qabila raislariga necha 
yuzlab tuya in’om qildilar. Ammo shuncha ko‘p qilgan in’omlaridan madinalik ansor 
sahobalarga hech narsa bermadilar. Insonchilik yuzasidan bu ish ularga og‘ir keldi. O‘z 
yurtlarida har xil so‘z ko‘paydi. Ko‘pchilik ichida yaxshi-yomon so‘zlaguvchilar bo‘ldi. 
Qaysi birlari aytur edi: 
— Qattiqchilik kunlari kelsa bizlarni chaqirur, o‘lja olgan mollar bo‘lsa, qarab turgan 
tamoshabinlarga berur. 
Qaysi biri esa: 
— Bu ajab qiziq ishdur, qilichimizdan qon oqizib topgan mollarimiz yuzlab-minglab 
dushmanlarimizga taqsim qilinmoqdadur. Quraysh qonidan qurollarimizni hali artganimiz 
yo‘q edi. Urushda qon to‘kkan biz qolib, ular o‘ljalik bo‘ldilar. Bu ish Allohdan kelmish 
vahiy orqali bo‘lsa, u chog‘da bo‘ysunmoqdan boshqa chora yo‘qdur. Agar Rasululloh o‘z 
fikricha qilmish ekan, unda bu to‘g‘rilik so‘z qilishga bizning ham haqqimiz bor, — dedi. 
Ansor sahobalarning raislaridan Hazrati Sa’d ibn Uboda bu holni ko‘rgach, bundan bir 
fitna qo‘zg‘alib qolmasin deb darhol Rasulullohga kelib; 
— Yo Rasulalloh, ansor sahobalar bu ishdan norozi bo‘lmishlar. O‘z qavmi Quraysh 
raislariga ulug‘ in’omlar berdi, shunchalik ko‘p mollardan bizlarni quruq qoldirdi
boshqalar qatorida ham ko‘rmadi, deydurlar, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Sa’d, bu so‘zga o‘zing qanday qarading? — deganlarida: 
— Yo Rasulalloh, men ham shular ichidan chiqolmadim, — dedi. 
— Andog‘ ersa, butun ansor sahobalar bir joyga yig‘ilishsin, — deb buyurdilar. 
Hazrati Sa’d ularni bir yerga yiqqandan so‘ngra Rasulullohga xabar berdi, alar uzrasiga 
Rasululloh keldilar. So‘ngra ansor sahobalarga qarab: 
— Agar ichinglarda boshqa urug‘lardan kishi bor ersa aytinglar, o‘z qo‘shiga qaytsin, — 
dedilar. 
— Yo Rasulalloh, oramizda yot kishi yo‘qdur. O‘z jiyanlarimizdan bir kishi bordur, — 
deganlarida, ul zot: 
— Jiyan tog‘adan bo‘lgay, — dedilar. 
«Jiyan tog‘aga tortar» degan el og‘zidagi so‘zning asli shu bo‘lishi kerak. Shu bilan 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansor sahobalarga qarab bir so‘z qilmoqchi bo‘lib, 
Allohga hamdu sano aytgandin so‘ngra ularga dedilar: 
Ey ansor xalqi, menim ustimdan aytgan so‘zlaringizni angladim. Menim qilgan ishimni 
yoqtirmay, norozi bo‘libsizlar, deb eshitdim. Bu nima ishdur? Men sizlarga kelmasdan 
ilgari adashgan edinglar, yo‘l topdinglar. Bo‘lak-bo‘lak edinglar, birlashdingizlar. 
Kambag‘al edinglar, boy bo‘ldinglar. Bu ishlarga Alloh meni sababchi qildi. Allohdan bu 
yaxshiliklarni ko‘ra turib, nega bunday so‘z chiqardinglar, qani gapiringlar-chi? 
Anda ansorlar: 
— Yo Rasulalloh nimani ayturmiz? Siz deganingiz ersa, hammasi rostdur. Minnatdormiz 
Allohga va uning Rasuliga. Qorong‘ulikda edik, siz kelgach yorug‘likka chiqdik. Adashgan 
edik, to‘g‘ri yo‘l topdik. Tamug‘ (do‘zax) chetini bosmish edik, siz kelib undan qutuldik. 
Alloh Rabbimiz, Islom dinimiz, Muhammad Payg‘ambarimizdur. Nima ish qilar ekansiz, 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin