Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


BANI FAZORA QABILASINING ELCHILARI



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

BANI FAZORA QABILASINING ELCHILARI 
Bani Fazora qabilasidan o‘n necha kishi elchi bo‘lib kelmish edi. Raislari esa Horija ibn 
Hisn degan kishi bo‘lib, ozg‘in tuyalarga minib kelgan edilar. Chunki bir necha yillardan 
beri bularning yerlarida yomg‘ir bo‘lmay, qahatchilik balosi hukm surmoqda edi. 
Rasululloh bilan ko‘rishganlaridan keyin, ulardan hol so‘radilar. 
Anda raislari: 
— Yo Rasulalloh, bizning yurtimizga yomg‘ir yog‘may, bek qahatchilik bo‘ldi. Chorva 
mollarimiz qirilib, xotin-bolalarimiz och qoldi. Duo qiling Rabbingizga, bizlarga yomg‘ir 
bersin, Rabbingizga sizni shafei’ keltirdik, sizga Allohni shafei’ qildik, — dedi. 
Rasululloh muning bu so‘ziga ajablanib: 
— Subhonalloh, sening bu so‘zing qandoq bo‘ldi? Men Allohga shafe’ bo‘lsam yarashur. 
Alloh menga qandoq shafe’ bo‘lur, bu ersa adabdan tashqari so‘zdur. Ulug‘lik, azamatlik, 
yolg‘iz Allohga yarashur, — dedilar. 
Bu so‘zni aytguvchi odam ersa, o‘zlarini qanday qattiq og‘irchilikka qolganliklarini 
Rasulullohga bildirmoqchi edilar. Och kishidan aql chiqmas degandek, o‘rinsiz so‘z qilsa 
ham, Rasululloh uni kechirdilar. So‘ngra ularning holiga yarasha aytdilarkim: 
— Sizlarga suyunchilikdur. Mehnat kunlari tugadi, najot vaqti keldi, Alloh kulib turadi, — 
dedilar ersa, bular ichidan bir a’robiy turib: 
— Mundog‘ kulib turgan Allohdan sira ajramaylik, — dedi. 
Rasululloh uning so‘zidan kulib, darhol minbarga chiqib, qutlug‘ qo‘llarini eng egiz 
ko‘tardilarkim, qo‘ltiq oqlarigacha (taglarigacha) ko‘rindi. Boshqa vaqtlarda ersa, 
mundoq odatlari yo‘q edi. So‘ngra ushbu duoni o‘qidilar: 
«Ey bor Xudoyo, rahmat suviga bizni serob qilgil. O‘lgan yerlaringni tirgizgil, 
chanqoqlikda qolgan bandalaringni, hayvonlaringni yomg‘ir suvi bilan qondirgil. 
Yerlardan insonlar uchun ekinlar unsin, hayvonlar uchun o‘tlar o‘ssin, yaylovlar 
ko‘paysin, yoqqan yomg‘ir barcha yerni qoplasin, tez yog‘sin, keng yog‘sin, foydalik 
bo‘lsin, ziyoni bo‘lmasin. Kelgan yomg‘ir biz uchun rahmat bo‘lsin. Azob-mehnat bo‘lib, 
uylar buzilmasin, mol-jon g‘arq bo‘lmasin, botrog‘ yog‘sin, — dedilar. 
Anda ansor sahobalardin Abu Luboba degan kishi o‘rnidan turib: 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin